Novosibirsk (; 1903-25 yillarda Novonikolayevsk) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Novosibirsk viloyati markazi, Ob daryosidagi pristan. Ob daryosining har ikkala sohilida. Novosibirsk yaqiniga Novosibirsk GES qurilgan va Novosibirsk suv ombori bunyod etilgan. Sibirning yirik transport tuguni. Aholisi 10000399,4 ming kishi (2025). Shahar 1493-yilda posyolka sifatida vujudga kelgan. Shahar sanoatida mashinasozlik va metallurgiya (yalpi sanoat mahsulotining 65%ni beradi) asosiy oʻrinni egallaydi ("Sibelektrotyaj-mash", "Sibselmash", stanoksozlik zavodlari bor). Qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish rivojlangan. GES, metropoliten (1985-yildan) bor. Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir boʻlimi, 13 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 2 universitet, konservatoriya), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri) faoliyat koʻrsatadi. Suratlar galereyasi, oʻlkashunoslik, geologiya, zoologiya, Sibir xalqlari tarixi va madaniyati muzeylari mavjud.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Rossiya shaharlari Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi