Pirargirit (yunoncha: pyr — olov va argyros — kumush) — kimyoviy tarkibi Ag3SbS3 dan iborat mineral; tarkibida 59,76% Ag; 22,48% Sb; 17,76% S mavjud. Trigonal singoniyada kristalla-nadi. Notoʻgʻri shakldagi donacha va ularning agregatlari, shuningdek, prizmali kristallik koʻrinishga ega. Rangi toʻq qizil, olmos kabi yaltiroq; moʻrt. Qat-tikligi 2,5; zichligi 5770–5860 kg/m3. P. kam tarqalgan mineral. Gidrotermal konlarda past yoki moʻʼtadil temperaturalarda vujudga keladi. Rossiya Federatsiyasi (Ural, Zabaykalye, Uzoq Sharq), Oʻrta Osiyo, Chexiya, Meksika, Chili va Boliviyada P. konlari topilgan. P.dan kumush olinadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Minerallar