Pifagor (; taxminan miloddan avvalgi 580, Samos – 500, Metapont) – yunon matematigi, faylasuf, quldor aristokratiyaning gʻoyaviy targʻibotchisi. 530-yildan Janubiy Italiyadagi Krotone shahrida, keyinroq Metapont shahrida yashagan. Krotoneda falsafiy maktab, siyosiy partiya va diniy birodarlikni mujassamlashtirgan ittifoq (pifagorchilar ittifoqini) tuzadi. Pifagor falsafasida son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmonik sistemasi, degan gʻoyalar ilgari surilgan.
Matematika tarixida Pifagor geometriyaga sistematik isbot tushunchasini kiritib, uni abstrakt fan darajasiga koʻtargan, toʻgʻri chiziqli shakllar geometriyasini tuzgan, oʻxshashlik haqidagi taʼlimotni yaratgan, toʻgʻri burchakli uchburchak haqidagi teoremani isbotlagan (bu teorema Pifagordan 1500 yil ilgari Misr va Bobilda isbotsiz maʼlum boʻlgan), ayrim muntazam koʻpburchak va koʻpyoqliklarni yasagan deb hisoblanadi. Odatda, juft va toq, tub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik proporsiyalar Pifagor nomi bilan bogʻlanadi. Pifagor maktabining matematikani sistemalashtirishdagi roli katta boʻlgan.
Yana qarang
Pifagor teoremasi
Adabiyot Istoriya matematiki drevneyshix vremyon do nachala XIX stoletiya, t. 1., M., 1971.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Pifagor Turkum:Qadimgi Yunoniston matematiklari Turkum:Qadimgi Yunoniston metafaylasuflari Turkum:Qadimgi Yunoniston metafiziklari Turkum:Qadimgi Yunoniston musiqa nazariyotchilari Turkum:Qadimgi Yunoniston siyosiy qochqinlari Turkum:Qadimgi Yunoniston shamanlari Turkum:Astsetika Turkum:Epistemologlar Turkum:Ezoteriklar Turkum:Falsafiy anʼanalarning asoschilari Turkum:Geometrlar Turkum:Fikrlar tarixi Turkum:Falsafa tarixi Turkum:Metafaylasuflar Turkum:Metafiziklar Turkum:Mistikalar Turkum:Numerologlar Turkum:Ontologlar Turkum:Taʼlim faylasuflari Turkum:Fan faylasuflari Turkum:Matematika falsafasi Turkum:Musiqa falsafasi Turkum:Suqrotgacha boʻlgan faylasuflar Turkum:Pifagorchilar