Mirzohid Rahimov (1946.30.9,-2011 Toshkent) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1971). 1964-yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rejissor yordamchisi, rejissor assistenti, 1967-yildan diktor. R.ning diktorlikka nutqi, ovozi, qobiliyati kuchli boʻlib, yoqimli ovozi, ravon nutqi, matnni kuchli ehtiros bilan va maʼnodor qilib oʻqishi tomoshabinga kuchli taʼsir etadi. U, asosan, muhim siyosiy hujjatlar, farmonlar, bayramlarda Respublika Prezidentining xalqqa qilgan murojaat va tabriklarini, matbuotda chiqadigan maʼruzalarini, tantanali xabarlarni mahorat bilan oʻqiydi. Shuningdek, „Nazm va navo“, „Yakshanba oqshomi“ koʻrsatuvlarini, mumtoz shoirlarning gʻazallarini meʼyoriga yetkazib olib boradi va oʻqiydi. R. telefilm, kinoxronika va „Oʻzbekfilm“da filmlarga ovoz berganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Unvon va mukofotlari Oʻzbekiston xalq artisti (2000-yil) Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992-yil) Mehnat shuhrati ordeni (2021-yil);
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:30-sentabrda tugʻilganlar