Abduraxmon Chorshanbiyevich Rahmatov (1932-yil, 11-iyul, Termiz tumani — 1999-yil, 10-avgust, Termiz) – Oʻzbekiston xalq artisti (1985). 1960-yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining aktyori. Murodxonov, Sunnat, Parvoz (H. Gʻulom, „Fargʻona hikoyasi“, „Toshbolta oshiq“, „Ajab savdolar“), Hoji (Komil Yashin, „Nurxon“), Devona (S. Jamol, „Guli siyoh“), Rustam (U. Umarbekov, „Uliklar kechirmaydi“), Dargʻa (Hamza, „Maysaraning ishi“), Ashuraliyev (A. Qaxdor, „Ayajonlarim“), Mirza (Shuhrat, „Besh kunlik kuyov“), Utkuriy (Uygʻun, „Parvona“), Samandarov (J. Jabborov, „Oʻjarlar“), Vurm (F. Shiller, „Makr va muhabbat“), Borisov (A. Ibrohimov, „Zoʻldir“), Qahxrr (M. Hazratqulov, „Qaytar dunyo“), Yalla bobo (M. Boboyev, „Soʻnmasin chiroq“) kabi obrazlarni shu teatrda yaratgan.
R. ijodi qaxramonlari dunyoqarashi mohiyatini, insoniylik fazilatlarini aniq ifodalay olishi bilan ajralib turadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:7-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1999-yilda vafot etganlar Turkum:8-oktabrda vafot etganlar