Retardantlar (lot. retardatio — kechikish, sekinlashish) — oʻsimliklar poyalari va novdalarining ortiqcha oʻsib ketishini toʻxtatadigan va yotib qolishiga chidamini kuchaytiradigan turli kimyoviy xususiyatli sintetik moddalar (qarang Gibberellinlar, Auksinlar, Oʻsishni boshqaruvchi moddalar).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar