Sayyid Mir (Amir) Kulol Buxoriy (XIII asr oxiri, Buxoro yaqini (hozirgi Kogon tumani) dagi Suxor qishlogʻi – 1370-yil) – hanafiy mazhabi olimi, maʼnaviyat ustozi – murshid, buxorolik 7 pirning oltinchisi, naqshbandiya tariqati shayxlari vorisligi oltin zanjirining 15-maʼnaviy halqasiga mansub. Muhammad Bahouddin Naqshbandning ruhiy ustozi.

Buxorodan oʻn bir chaqirimcha uzoqlikdagi Suxor qishlogʻida tugʻilgan. Shu yerda tugʻilib oʻsgan, yashagan va vafot etgan. Vafoti sanasi 1370-yil 29-noyabr deb koʻrsatilgan. Oilasi kulolchilik bilan shugʻullangan, shuning uchun ularga „kulol“ laqabi qoʻyilgan. Maʼlumki, uning qarindoshlaridan biri Usmonli imperiyasi sultoni Yildirim Boyazidning kuyovi, Bursa aholisining sevimli kishisi Amir Sulton boʻlgan.

Yoshligida kurash bilan shugʻullangan, jismonan baquvvat boʻlgan. Mutasavvuflarning koʻpchiligi odamlarni islomga yoʻnaltirish, shuningdek, ularga yaqinroq boʻlish maqsadida koʻpincha odamlar orasida yoki jamiyatda ommabop yoki talabga ega boʻlgan turli hunar va koʻnikmalarni egallab, bu kasblar harbiy xizmatga borishda qoʻl kelgan. Aynan shuning uchun ham Usmonli xalifaligida yoshlarni ham jismonan, ham maʼnaviy jihatdan kamol toptirishi uchun kamonchilar uchun alohida tekkelar ochilgan. Tarjimai holi Otasi Amir Hamza Hijozning Madina shahridan boʻlib, Movarounnahrga koʻchib kelgach, Buxoro atrofida yashagan. Amir Hamza yassaviya shayxlaridan biri Sayyid Otaning doʻsti boʻlgan. Sayyid Ota har safar Buxoroga kelganida Amir Hamza bilan uchrashardi. Ushbu turk shayxi bir safar kelganida uning xonadonida bir oʻgʻil dunyoga kelishini bashorat qilib, uning otini Amir Kalon deb qoʻyishni tavsiya qiladi.

Sayyid Amir Kulol taxminan 3-4 yoshlarida Sayyid Ota kelib, sallasining yarmini yechib, uning boshiga oʻragan hamda uning kelajakda sayru-sulukda yuksak maqomlar va martabalarga erishishini bashorat qilgan.

Kulolchilik hunarini puxta egallagani sababli „Amir Kulol“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Shu ishdan topgan daromad evaziga oila tebratgan. Muridlariga ham halol luqma orqali umrguzaronlik qilishni tavsiya etgan. Oʻz izdoshlariga doimo harom va halol, savob va gunohni bilish va shunga asosan harakat qilish lozimligini uqtirgan.

Tashqi koʻrinishi Baland boʻyli va keng yelkali, qoshlari chigirilgan, qosh ostiga koʻzlari chuqur kirib turgan, terisi sargʻish boʻlgan. Uning yuzini oqargan soqoli oʻrab turgan. Juda kamtar va muloyim. Eʼtiroz va oʻjarlikdan uzoq, yoshligida kurashni yaxshi koʻrargan, shuning uchun jismonan baquvvat gavdaga ega. Maʼnaviyatiga kelsak, shariat, tariqat, maʼrifatni olib yurgan hamma narsani oʻziga singdirgan solih inson sifatida hammaga maʼlum boʻlgan.

Bobo Samosiy bilan tanishuv Amir Kulolning shayxi Xoʻja Muhammad bobo Samosiy bilan tanishuvi kurash maydonida boʻlib oʻtgan. Jangchilar orasida oʻzining oliyjanobligi va maʼnaviy qobiliyati bilan ajralib turadigan Amir Kulol ismli kimsa borligini bilgach, Samosiy toʻgʻridan-toʻgʻri kurash maydoniga boragan va shu yerda uni topishga umid qilgan. U bilan birga bir qancha muridlari ham borganlar. Ulardan baʼzilari shayxning aniq nima maqsadda yurganini bilmay, oʻz shayxlariga unchalik yarashmaydigan bunday joyga borishni istamaganlar, lekin u bilan bahslasha olmaganlar. Shunda Samosiy ularning dovdirab qolganini payqab: „Maydonda bir odam bor, uning nazari tufayli koʻpchilik toʻgʻri yoʻlga erishayotgan ekan“, degan.Amir Kulol: „Bizning qahramonlik kuchimiz botqoqqa tushganlarni olib chiqishdan iborat“ Musobaqa chogʻida jangni kuzatayotgan shayxning oʻtkir nigohi Amir Kulolning nigohiga toʻqnashgan. Ularning koʻzlari toʻqnash kelganda, fikr-mulohazalarning yashirin suhbati va ikki qalbning izohi boʻlgan, shundan soʻng shayx oʻz muridlari bilan maydondan chiqib ketgan.

Bu nigohdan maftun boʻlgan Amir Kulol shayxning orqasidan yugurib kelib, uning eshigini taqillatgan. Ularning maxfiy uchrashuvida Samosiy unga birinchi maslahatini beradi va shu yerda uni ruhiy shogirdlari davrasiga kiritadi. Shunday qilib, maʼnaviy yoʻl (sayr-u suluk) izdoshiga aylangan Amir Kulol shayxining uyidan izlagan narsasini topadi. Shundan keyin yigirma yil shayxiga xizmat qiladi. Hech narsani yoʻqotmaslik uchun haftada ikki marta shayxiga hamrohlik qilib Sammos va Suhor orasidagi yigirma besh kilometrlik yoʻlni piyoda bosib oʻtgan. Muhammad Bahouddin Naqshband Buxoriy, uning nomi bilan atalgan tariqatda alohida boʻlim asoschisi, Amir Kulol shogirdi boʻlgan. Amir Kulol maʼnaviy yoʻl-yoʻriqlarining soʻnggida va lavozimga tayinlangan chogʻida unga qarata: „Oʻgʻlim Bahouddin, koʻksimdagi hamma narsani sizga berdim. Imkoniyatlaringiz baland, boring va buyuk odamlarni qidiring!…“ deydi. Shajarasi Hazrat Sayyid Amir Kulol ,,Maqomoti Amir Kulol’’ kitobida ,,Sayyid Amir Kulol’’ ning tarixi toʻliq bayon qilingan. Bu kitobning muallifi Shahobiddin Amir Kulolning chevarasi, yaʼni Amir Kulolning Hamza ismli oʻgʻlining nevarasi (qizidan). Amir Kulol ,,sayyidlar’’dan, yaʼni paygʻambar Muhammadning urugʻlaridan. Otasi Amir Hamza boʻlib, Hijozdan (hozirgi Saudiya Arabistoni) Buxoroning Afshona (Peshku tumani) qishlogʻiga koʻchib kelgan.

„Majma al-ansob val ashjar“ shajara qoʻlyozmasi muallifi Xoʻja Abdulqodir ibn Muhammad Amin taʼkidlaganidek, paygʻambar Muhammaddan Sayyid Amir Kulolgacha boʻlgan shajara shajarasi quyidagicha boʻlgan: 1. Muhammad sollallohu alayhi vasallam. 2. Bibi Fotima va Imom Ali ibn Abu Tolib. 3. Husayn. 4. Zaynulobidin. 5. Muhammad al-Boqir. 6. Jafar as-Sodiq. 7. Muso al-Qosim. 8. Ali ar-Rizo. 9. Muhammad at-Toqiy. 10. Ali al-Hadiy. 11. Hasan al-Askariy 12. Sayyid Ali Akbar 13. Sayyid Faxriddin Muhammad 14. Sayyid Amir Naqib Husayn 15. Sayyid Abdulloh Ali 16. Sayyid Amir Mahmud Husayn Rumiy 17. Sayyid Amir Burhoniddin Muhammad 18. Sayyid Shabon Husayn 19. Seyyid amir Qosim Jafar 20. Seyyid Zaynulobiddin Hasan 21. Sayyid Abdulloh 22. Sayyid Sirojiddin Ibrohim 23. Sayyid Jaloliddin Hamza 24. Sayyid Amir Kulol Oʻgʻillari va izdoshlari Amir Kulolning toʻrtta oʻgʻli boʻlib, ularning taʼlim va tarbiyasini, manbalarda aytilganidek, oʻzi tarbiyalagan toʻrt nafar vorisga ishonib topshirgan. Oʻgʻillari Burhoniddin, Hamza, Amirshoh va Umar boʻlgan. Burhoniddinning taʼlim va tarbiyasini Naqshbandga, Hamzani oʻz oʻrniga ega boʻlgan Orif Deggaroniyga, Amirshohni Mavlono Yodgorga, Umarni tarbiyalashni Jamoliddin Dehistoniyga topshirgan.Tariqat oqsoqollarining shunday bir odatlari boʻlgan: ular fazilatli boʻlgan hamma narsani oʻzlarida emas oʻzgalarda, har qanday kamchilikni oʻzlarida koʻrganlar.

Vafoti Sayyid Amir Kulol 772/1370-yil Buxoroda oʻzi tugʻilgan Suxor qishlogʻida olamdan oʻtib, shu yerga dafn etiladi. Uning vasiyatiga asosan, Mavlono Orif Deggaroniy va Xoja Bahouddin Naqshband ustozining qabri yoniga dafn etilgan.

Xotirasi va merosi 1994-yil “Sayyid Amir Kulol” jome masjidi hashar yoʻli bilan qayta qurilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 10-avgustda qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Sayyid Amir Kulol maqbarasi Buxorodan 25 km shimolda, Suxor qishlogʻida joylashgan. Hagiografiyalardan birida, shuningdek, „Tuzukoti Temuriy“ apokrifiy asarida yozilishicha, Amir Kulol Amir Temurga duo qilib, uning buyuk kelajagini bashorat qilgan. Avliyoning bu ishi, ayniqsa uning shogirdi Bahouddin Naqshbandning shuhrati Amir Kulol dafn etilgan joyning shuhrat qozonishiga katta hissa qoʻshgan. Biroq, uning qabri ustida biron bir muhim bino qurilmagan. XIXasr boshidagi masjid butunlay vayron qilingan. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston hukumati tomonidan avliyo maqbarasi toʻliq restavratsiya qilinib, yirik memorial majmua barpo etilgan. Olimning qabri ustiga ikki gumbazli qabr oʻrnatilgan. Asosiy dafn xonasi kufiy yozuvlari bilan bezatilgan boʻlsa, ikkinchi xona figurali toshlar bilan bezatilgan. Shu bilan birga, darvoza, masjid, ziyoratchilar uchun xonadonlar, marosimlar uchun xonalar, sakkiz qirrali hovuz, balandligi 10,5 m boʻlgan minora qurilib, uning atrofida sayqallangan gʻishtlar va marmar narvonlar bilan qoplangan yoʻllar bilan bogʻ yaratilgasn. Darvozalarning yogʻochdan yasalgan kanvaslari buxorolik hunarmandlarning oʻymakorlik namunalari bilan bezatilgan. 2018—2019-yillarda maqbarasi qayta taʼmirlandi.

Adabiyotlar Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat (Mukammal asarlar toʻplami, 17j.), T., 2001; Durdona, Mir Kulol va Shohi Naqshband maqomatlari, T., 1993.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Tasavvuf namoyondalari