Sakrash — yengil atletikaning bir turi hisoblanadi. Sakrashning vertikal va gorizontal turlari mavjud. Vertikal sakrashga balandlikka sakrash va shest bilan sakrash kirsa, gorizontal sakrash esa uzunlikka sakrash va uch karrali sakrash turlarini oʻz ichiga oladi. Sakrashning bu turlari Olimpiada oʻyinlariga kiradi.
Uzunlikka sakrash — sportchilardan sakrash va sprint sifatlarni talab qiladi. Bu sport turi qadimiy Olimpiya oʻyinlari qatoriga kirgan. Hozirgi Olimpiya oʻyinlari qatoriga ham kiritilgan (erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 1948-yildan). Koʻpkurash tarkibiga kiradi.
Oʻyin qoidalari. Atletning vazifasi — uzoqroq masofaga sakrashdir. Birinchi boʻlib atletlar yugurib keladilar, soʻngra bir oyoqlari bilan maxsus doskadan itarilib, sakraydilar. Itarilish doskasidan qoʻnish chuqurligining burchagigacha boʻlgan masofa kamida 10 metr boʻlishi kerak. Sakrash toʻrtta fazadan iboratdir: yugurish, itarilish, uchish va qoʻnish.
Balandlikka sakrash qishki va yozgi oʻyinlarda oʻtkaziladi. Erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 1928-yildan Olimpiya oʻyinlari safiga kiritilgan. Beshta fazadan iborat: yugurish, itarilishga tayyorgarlik, itarilish, plankadan oʻtish va qoʻnish.
Oʻyin qoidalari. Balandlikka sakrash musobaqalari sakrash va qoʻnish uchun moslashgan sektorlarda oʻtkaziladi. Sportchiga boshlangʻich etapda va finalda har bir balandlikda uchta harakat beriladi. Agar sportchi biror bir balandlikda sakrashdan bosh tortsa, uning uchta harakati olinib tashlanadi. Agarda u maʼlum bir balandlikka sakrashda 1 yoki 2 marotaba xato qilsa, yana sakrashdan bosh tortib qolgan harakatlarini keying sakrashga olib qoʻyishi mumkin. Sportchi oʻzi hohlagan balandlikdan sakrashi mumkin, ammo u hakamlarga oldindan xabar berib qoʻygan boʻlishi kerak.
Shest bilan sakrash — Olimpiya oʻyinlari qatoriga kiradi (erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 2000-yildan).
Oʻyin qoidalari. Shest bilan sakrash musobaqalari sakrash va qoʻnish uchun moslashgan sektorlarda oʻtkaziladi. Sportchiga boshlangʻich etapda va finalda har bir balandlikda uchta harakat beriladi. Balandlikning oshishi hakamlar tomonidan belgilanadi va u kamida 5 smni tashkil etishi kerak.
Uchtali sakrash — Yengil atletikaning programmalaridan biridir. U Olimpiya oʻyinlarida 1896-yildan beri oʻtkaziladi. Sportchi maxsus sektordan yugurib kelib, brusokga yetib kelgandan keyin undan itarilib sakraydi. Sakrash 3 bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda — sakrashni amalga oshirayotganda brusokka qaysi oyogʻi bilan birinchi sakragan boʻlsa, huddi oʻsha oyogʻi bilan brusokdan qumga sakrashni amalga oshirishi kerak. 2-boshqich qadam deyiladi, bunda yerga boshqa oyogʻ bilan teyish kerak. Ohirgi bosqich esa qumga sakrab tushishdir.
Manbalar
Turkum:Yengil atletika turlari