San-luis-potosi - Meksikadagi shtat. Maydoni - 62,8 ming km². Aholisi - 2,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — San-Luis-Potosi shahri. Meksika togʻligida joylashgan. Hududining katta qismi Meksika qoʻltigʻidan Sharqiy SyerraMadre togʻlari bilan ajratilgan berk havzadan iborat. Iqlimi yozi issiq va qishi sovuq togʻtropik, quruq iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 9— 25° C. Yillik yogʻin 400 mm dan ziyod. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq. Qoʻychilik, sut chorvachiligi rivojlangan. Yovvoyi oʻsadigan oʻsimliklar teriladi. Polimetall rudalar qazib olinadi. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik korxonalari borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar