Santu-andre — Braziliyaning janubi-sharqiy qismidagi shahar, Katta San-Paulu tarkibida. Aholisi 721,3 ming kishi (2020). Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Ogʻir sanoat, xususan, rangli metallurgiya, mashinasozlik, texnik rezina, kimyo sanoatlari rivojlangan. Koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Shaharga 1549-yilda asos solingan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Braziliya geografiyasiga oid chala maqolalar Turkum:São Paulo shtatidagi munitsipalitetlar