Sarhadobod () (1999 yilgacha Kushka - ) - Turkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1967 yildan). Sarhadobod tumani markazi. Kushka daryosi vodiysida. Turkmaniston bilan Afgʻoniston savdo yoʻlidagi muhim aholi punkti. Sarhadobod — Mari — Hirot — KandaH°R xalqaro avtomobil traktida. Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 11,6 ming kishi (1999). Sarhadobodda mahalliy, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, musiqa, umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, klub, kasalxona bor.

Sarhadobodning janubi-sharqida Turkmanistonning eng jan. chekkasi boʻlgan Qirqqiz (toj. Childuxtaron) mavzesi joylashgan. Shahar yaqinida pista oʻrmon xoʻjaligi va Bodxiz qoʻrikxonasi bor. Sarhadobod 1885-yilda rus mustamlakachilari tomonidan Kushka harbiy istehkomi sifatida bunyod etilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Turkmaniston shaharlari