Azimboy Saʼdullayevich Saʼdullayev (1947-yil 9-yanvar, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2025-yil 28-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1985).

Tarjimayi holi Azimboy Saʼdullayev 1947-yil 9-yanvarda Shovot tumanida ishchi va dehqon oilasida tugʻilgan. 1952—1963-yillarda Shovot tumanidagi oʻrta maktabni tamomgan. 1963—1966-yillarda Toshkent davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida oʻqigan. 1966-yilda Azimboy Saʼdullayev oʻqishini Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga koʻchirgan. Oʻqishini u yerga koʻchirishni akademiklar T. A. Sarimsoqov va S. H. Sirojiddinovlar maslahat berishgan. 1969-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan, 1969—1972-yillarda Moskva davlat universitetining aspiranturasida tahsil olgan.

1972—1978-yillarda Toshkent davlat universiteti matematik analiz kafedrasining katta oʻqituvchisi, dotsent, 1978—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutining katta ilmiy xodimi, 1983—1992-yillarda matematik analiz kafedrasining mudiri, 1985—1992-yillarda Mexanika-matematika fakultetining dekani boʻlib ishlagan.

1992-yilda Azimboy Saʼdullayev Urganch davlat universiteti rektori etib tayinlangan. Ushbu vazifada 2007-yil nafaqaga qadar ishlagan. Aynan uning harakati bilan institut univeristet maqomini oladi. Bir vaqtning 1997—2007 yillarda qayta tiklangan Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi sifatida ham faoliyat olib borgan. 2007—2012 yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida Matematik analiz kafedrasi mudiri, 2012—2017 yillarda matematik analiz kafedrasi professori hamda Matematika institutining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlagan. 2017—2023 yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri boʻlgan. 2023—2025 yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida Matematik analiz kafedrasi professori bo'lib ishlagan. Azimboy Saʼdullayev 2025-yil 28-may kuni 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etgan.

Azimboy Saʼdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1994-yilda I chaqiriq, 1999-yilda esa Xorazm viloyati 206-Ichan qaʼla okrugidan II chaqiriq deputati (1995—2000, 2000—2005) etib saylangan. 2005—2010 yillarda xalq deputatlar Xorazm viloyati kengashi deputati boʻlgan.

Ilmiy faoliyati Azimboy Saʼdullayev 1972-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Kanonik ko‘paytma va analitik to‘plamlar“ (, 1982-yilda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun „Kompleks potensial nazariyasi va uning qo‘llanilishi“ () mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan. 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan, 1995-yilda esa Fanlar akademiyaning akademigi etib saylangan.

ning ilmiy faoliyati matematika fanidagi „Koʻp kompleksli oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi“ va „Kompleks potensiallar nazariyasi“ga oid boʻlgan. Azimboy Saʼdullayevning amerikalik olimlar bilan birga kompleks potensiallar nazariyasi asosini yaratishgan. Bu nazariyani amaliyotda qoʻllab, bir necha yirik ilmiy muammolarni yechgan.

Fundamental ishlarining bir qanchasi chet ellarda nashr qilingan, darslik va monografiyalarida chop etilgan. Azimboy Saʼdullayev 15 ta monografiya va 6 ta darsliklar, 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. Azimboy Saʼdullayev AQSh, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlarga davlat va ilmiy delegatsiyalar tarkibida borgan.

Mukofotlari 1990-yilda Oʻzbekiston Faxriy yorligʻi, 2000-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, 2020-yilda esa Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

Adabiyotlar Oliy matematika asoslari, T., 1998; Matematik analizdan misol va masalalar toʻplami, T., 2000. Turkum:Oʻzbekiston matematiklari Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:9-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Shovot tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchilari