Sivas — Turkiyaning markaziy qismidagi shahar. Sivas elining maʼmuriy markazi. Aholisi 250,3 ming kishi (2000). Qishloq xoʻjaligi (donli ekinlar, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Vagonsozlik, sement, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi. universitet bor. Sivasning qadimgi nomlari Kabira, Diaspolis, Sebastiya. IV asr oxirlaridan — XI asrning 2-yarmigacha Vizantiya tarkibida boʻlgan. 11 — XIV asrlarda Saljuqiylar, xususan, XII asr oxiri —XIV asr boshlarida Koʻniya sultonligi qoʻl ostida boʻlgan. XIV asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Turkiya shaharlari