Vladimir Smirnov (3-iyul [21-iyun] 1899-yil, Toshkent, Rossiya imperiyasi – 1985-yil 6-dekabr, Belgrad) – Yugoslaviya lashkarboshisi, Yugoslaviya xalq ozodlik urushi qatnashchisi. Fuqarolar urushi paytida Rossiyani tark etib, Serblar, Xorvatlar va Slovenlar qirolligiga joylashdi. U 1941-yilda Yugoslaviya Xalq-ozodlik armiyasi safiga qoʻshilib, u yerda NOLA Oliy shtab-kvartirasining texnik boʻlimini boshqargan. Harbiy xizmatda general-leytenant unvonigacha koʻtarildi va 1960-yilda isteʼfoga chiqdi.

Biografiyasi Vladimir Fyodorovich 1899-yil 21-iyunda Rossiya imperiyasi, Toshkent shahrida harbiy muhandis oilasida tavallud topgan. Toshkentda avvl maktabda oʻqigan va keyin gimnaziyani tamomlagan. Keyinchalik Sankt-Peterburgda tahsil olgan va fuqarolar urushi paytida Odessa orqali Rossiyani tark etgan. 1921-yilda Serblar, Xorvatlar va Slovenlar qirolligiga joylashgan. Vladimir Belgrad universitetining texnologiya fakultetini tamomlagan. U 1927-yilgacha davlat xizmatida ishlagan, soʻngra Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga qadar Yugoslaviyaning turli xususiy qurilish kompaniyalarida texnik mutaxassis boʻlib faoliyat olib borgan. thumb| Amerikalik aktyor Yul Brynner „Bitva na Neretve“ filmini suratga olish paytida. Sarayevo, 1969-yil Smirnov 1941-yilda ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan Yugoslaviya Xalq-ozodlik armiyasi safiga qoʻshildi va keyingi yili Yugoslaviya Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. 1942-yil mart oyida NOAU Oliy shtab-kvartirasining aʼzosi boʻldi, unda nemis bosqinchi kuchlari va ularning ittifoqchilarining aloqalarini yoʻq qilish, shuningdek muhandislik va qurilish ishlarini olib borishga moʻljallangan texnik boʻlimni boshqargan. Vladimir 1942-yil aprel oyida Drina daryosining oʻng qirgʻogʻida Italiya harbiy tuzilmalarining yurishini sekinlashtirish uchun Gorajedada uchta koʻprikni va Ustipracha (Bosniya) qishlogʻi yaqinidagi bitta koʻprikni vayron qilishdi. Ushbu muvaffaqiyatli operatsiyalar uchun partizanlar Vladimirga „Rus-Mostoubiytsa“ laqabini berishdi. 1943-yil bahorida uning qoʻmondonligi ostida NOAU Oliy shtab-kvartirasining muhandislik kompaniyasi Neretva va Rama daryolaridagi koʻpriklarni vayron qildi. Shundan soʻng, partizanlarning Neretva daryosi darasida qamaldan qochishiga yordam berdi va shu bilan toʻrt ming yarador askarni qutqardi. Keyinchalik, ushbu epizod 1969-yilda yaratilgan Yugoslaviya kinosining eng shijoatli filmlaridan biri „Bitva na Neretve“ uchun asos boʻldi. Vlado (Smirnov) rolini amerikalik aktyor Yul Brynner ijro etdi.

Smirnov Yugoslaviyaning koʻplab mukofotlari, shuningdek, 2-darajali Partizan yulduzi ordeni, 2-darajali Yugoslaviya xalq armiyasi ordeni, 1-darajali „Harbiy xizmatlari uchun“ ordeni, „Jasorat uchun“ ordeni va Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanganЖиванович М. Захоронения и памятники русским эмигрантам — членам Сопротивления в Югославии. // Военно-исторический журнал. — 2020. — № 10. — С.77—78..

Vladimir Fyodorovich 1960-yillarda rus tilidan serb tiliga harbiy adabiyotning Yugoslaviyadagi yetakchi tarjimoniga aylandi. Shunday qilib, Sovet Ittifoqi marshali Semyon Budyonniyning xotiralari, Mixail Frunzening bir qator asarlarini tarjima qildi. Bundan tasgqari Vladimir Lenin asarlarini nashr etishda ham qatnashgan. Smirnov 1985-yil 6-dekabrda Belgradda vafot etdi va Novoye qabristonidagi Faxriy fuqarolar xiyoboniga dafn qilindi.

Manbalar

Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:1985-yilda vafot etganlar Turkum:6-dekabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1899-yilda tugʻilganlar Turkum:3-iyulda tugʻilganlar