Karim Sodiqov (1927.5.5 Toshkent — 1987.21.11) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), falsafa fanlari doktori (1969), professor (1971). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1950). Shu universitet falsafa kafedrasida oʻqituvchi, dotsent, mudir (1953—67), ijtimoiy ftlar falsafa kafedrasining dotsenti (1967—68), tabiatshunoslik fanlari falsafa kafedrasining mudiri (1968-yildan). Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa sohasiga bagʻishlangan.
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari