John Ernst Steinbeck ( ; 1902-yil 27-fevral – 1968-yil 20-dekabr) amerikalik yozuvchi. U 1962-yilda „oʻzining realistik va xayoliy yozuvlari, ular bilan oʻzaro simpatik hazil va oʻtkir ijtimoiy idrokni uygʻunlashtirgani uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Yozuvchi faoliyati davomida jami 33 ta, jumladan, Edvard Rikkets bilan birga bitta kitob, 16 ta roman, oltita badiiy boʻlmagan asar va ikkita hikoyalar toʻplamini yozgan. U „Tortilla Flat“ (1935) va „Cannery Row“ (1945) komikslari, „East of Eden“ (1952) dostoni, „The Red Pony“ (1933) va „Of Mice and Men“ (1937) romanlari bilan mashhur. Shuningdek, „The Grapes of Wrath“ (1939) asari Pulitser mukofotiga sazovor boʻlgan. Nashr qilinganining 75 yil oʻtib, asar 14 million nusxada sotilgan.
Steinbeckning aksariyat asarlarida taqdir va adolatsizlik mavzulari yoritilgan va asar qahramonlari oddiy odamlardir.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar Turkum:27-fevralda tugʻilganlar Turkum:Stanford universiteti bitiruvchilari Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari