Subantarktika mintaqasi - Janubiy yarim shardagi geografik mintaqa, shimolida moʻʼtadil va janubida antarktika mintaqalari orasida, 58°—60° va 65°— 67° j.k.liklar oraligʻida joylashgan. Asosan, okeanlarga toʻgʻri keladi. Iklimi sovuq, havoning oʻrtacha temperaturasi qishda —5° dan —15° gacha, yezda 0—2°; shamolli, tumanli kunlar koʻp. Qishda suv yuzasi muzlaydi. Yogin miqdori 500 mm. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Subantarktika mintaqasi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.