Sumsar svitasi - Fargʻona va Afgʻoniston—Tojikiston depressiyasida tarqalgan, toʻq qizil rangli gil jinslaridan tarkib topgan regional svita. Qalinligi 90 m gacha, unda mollyuska va foraminifera faunalari uchraydi. Yoshi kechki eotsendan miotsengacha. Sanoat miqyosida neftgazli boʻlib, 3 qismga boʻlinadi: pastda — asosida fosforitli jelvaklar, paletsipod va gastropod yadrolaridan iborat boʻlgan yashil mergelsimon gillar; uning ustida qumtosh qatlari va gillardan iborat boʻlgan Andijon va Changʻirtosh konlaridagi 3neftli gorizont; yuqorida — yashil qum va qumtoshlar, SelRoxo va Neftobod konlaridagi sanoat ahamiyatiga molik 2gorizont.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Sumsar svitasi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.