Suyak uni — soʻyilgan mollar suyagidan yogʻsizlantirilib, bugʻda yelimsizlantirilib tayyorlanadigan va qishloq xoʻjaligi. hayvonlariga, parrandalarga beriladigan mineral ozuqa. Su. mineral moddalarga, ayniqsa, kalsiy (1 kg da 245 g) va fosfor (118 g) ga boy. Asosan, omixta yemlarga, silosga, konsentrat ozuqalarga qoʻshib, maydalangan ildizmevalarga aralashtirib beriladi. Su. ni, shuningdek, baliqlarga, boʻtqa holiga keltirib moʻynali hayvonlarga ham berish tavsiya etiladi. Bir kechakunduzda sogʻin sigirlarga 60—200, novvoslarga (1 yoshgacha) 1540, qoʻylarga 35, uy parrandalariga (tovuq, oʻrdak, gʻoz, kurka) 3—10 g dan beriladi. Su. aralash yemga ozuqa massasining 1% miqdorida qoʻshiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Suyak uni · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.