Takt (lotincha tactus — tegish soʻzidan) — metr birligi; kuchli va kuchsiz hissalarning almashinuviga asoslanib, eng kuchli hissadan boshlanadi. Oddiy (2,3 hissali) va murakkab (bir necha oddiy metrik) guruhchalardan tashkil topgan taktlar boʻladi. Nota yozuviaya vertikal chiziq (takt chizigʻi) bilan ajratiladi. Takt tarkibi oʻlchov bilan belgilanadi. Teng taktlarga ajratib boʻlmaydigan musiqa namunalari (yigʻi, katta ashula kabi) yozuvida takt chizikdari vositasida musiqa jumlalarining chegarasigina koʻrsatiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Takt (metr birligi) · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.