Tank qoʻshinlari - quruqlikdagi qoʻshin turi. Tank, motooʻqchi (mexanizatsiyalashgan, motopiyoda), raketa, artilleriya va boshqa boʻlinma, qism, qoʻshilmalardan tarkib topgan. Tank qoʻshinlari qudratli oʻt ochish, kuchli zarba berish va tez harakat qilish imkoniyatiga hamda ishonchli zirhli himoyaga ega. Bu qoʻshinlar asosiy yoʻnalishlarda yalpi harakat qilib, mustaqil va boshqa qoʻshinlar bilan hamkorlikda dushman mudofaasini yorib oʻtish, yuksak manyovrli jangovar harakatlar olib borish, dushman mudofaasi ortida harakat qilib, uning zaxiralarini tor-mor etish, eng muhim marralarni egallash va uni himoya qilish hamda jang va operatsiya maqsadlariga tezkorlik bilan erishishni taʼminlash va boshqalarga qodir. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tank qoʻshinlari mavjud.

Turkum:Qurolli kuchlar