Taungu — Myanmaning jan.sharkidagi oʻrta asr davlati. Sitaun daryosi sohilidagi tepalik ustiga qurilgan istehkom (taungu) sifatida 1280-yil vujudga kelgan. Taungu sh. atrofida barpo etilgan. 1347-yil T. hokimi qirol unvonini qabul qilgan. Ava davlati qulagach (1527), T. yagona, yirik, mustaqil Birma davlati boʻlib qolgan. XVI asrda uning hokimlari parchalangan Birmani T. atrofida birlashtirishga uringanlar. Qirol Bayinnaun bunga erishgan. Uning davrida (1551—81) Birma kuchli davlatga aylangan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Taungu · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.