Tennessi - AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydoni - 109,1 ming km². Aholisi - 5,8 mln. kishi (2002), 61 % shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Nashvill shahri, boshqa yirik shaqarlari: Memfis, Noksvill, Chattanuga.
T. hududining katta qismi sertepa platodan iborat, gʻarbiy qismi pasttekislik, sharqida Appalachi togʻlari bor. Iklimi subtropik, kontinental iklim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3—5°, iyulniki 25°, yillik yogʻin 1100 – 1200 mm. Yirik daryolari — Tennessi va Kamberlend; ularda kema qatnaydi.
T. — mamlakatning industrialagrar shtati. Yirik elektr styalar komplekslari qurilgan. Yetakchi sanoat tarmoqlari: kimyo, atom, rangli metallurgiya. Elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi, avtomobilsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Foydali kazilmalardan toshkoʻmir, fosforit, rux, marmar qazib chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, soya, tamaki, shuningdek, makkajoʻxori, bugʻdoy, paxta, yemxashak ekinlari ekiladi. Togʻli qismida bogʻdorchilik rivojlangan. Asosiy porti — Memfis.
Turkum:AQSh: Janubiy-Sharqiy shtatlari Turkum:AQSh shtatlari