Termit (yun. therme — issiqlik) — alyuminiy yoki magniyning baʼzi metallar (temir, nikel va boshqalar) oksidlari bilan kukunsimon aralashmasi; alangalanish vaqtida intensiv yonadi, natijada reaksiya mahsulotlari harorati 2000°C dan oshadi. Uglerodsiz metallar (marganets, xrom va boshqalar) va ferroqotishmalar (qarang Alyuminotermiya, Metallotermiya) olishda, relslarni payvandlashda va yirik detallarni quyishda, yondirgich aralashma sifatida (harbiy ishda) qoʻllanadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Termit · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.