Tlaskala – Meksikalat shtat. Maydoni 3,9 ming km². Aholisi 962,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi – Tlaskala sh. Meksika togʻligining janubida joylashgan. Relyefi bal. 2000—4000 mli vulkanik platodan iborat. Shtatning janubi-sharqida Malinche soʻngan vulkani (4461 m) bor. Iqlimi togʻ tropik, qurgʻoqchil iklim, yillik yogʻin 600 mm chamasida. Oʻrtacha va oylik tralar 10—12° dan 16—18° gacha. Kserofit oʻsimliklar oʻsadi. T. iqtisodiy jihatdan nisbatan qoloq shtatlardan. Qishloq xoʻjaligida makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sabzavotlar ekiladi, echki va qoʻy boqiladi. Transport yoʻli orqali Mexiko va Puebla sh.lari bilan bogʻlangan.