Ugorlar — til jihatdan qardosh boʻlgan Ural ortidagi mansilar va xantilar, Dunaydagi vengerlar (madʼyarlar)ning umumlashma nomi. Finugor til guruhiga mansub ugor tillarida soʻzlashadi. XII asrga oid rus manbalarida vengerlarning ajdodlari „ugra“, „ugor“, xanti va mansilarni esa, „yugra“ deb atalgan. Keyinchalik „yugra“ nomi, asosan, xantilarni anglatgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Ugorlar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.