Axloqiy falsafada utilitarizm – bu odamlarning quvonchi va farovonligini oshiradigan harakatlarni tavsiya qiluvchi normativ axloqiy nazariyalar guruhidir. Bu yondashuv, harakat natijasida eng ko‘p baxt va farovonlik keltiradigan amallarni asosiy mezon deb hisoblaydiDuignan, Brian. 2000. "Utilitarianism" (revised). Encyclopædia Britannica. Retrieved 5 July 2020.. Boshqacha aytganda, utilitarizm g‘oyalari odamlar uchun eng katta foyda keltiradigan harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Utilitarizmning turli shakllari turlicha tavsiflanishi mumkin bo‘lsa-da, ularning barchasida asosiy g‘oya, naflilikni maksimallashtirishdir. Masalan, utilitarizm asoschisi Jeremy Bentham naflilikni harakat yoki obyektlardan ta’sirlanganlarga lazzat, baxt va yaxshilik keltirish hamda og‘riq va baxtsizlikni oldini olish imkoniyati deb ta’riflagan.
Utilitarizm natijaviylikning bir shakli bo‘lib, unda har qanday harakatning oqibatlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashning yagona mezoni deb hisoblanadi. Biroq, egoizm va altruizm kabi boshqa natijaviylik shakllaridan farqli o‘laroq, utilitarizm insoniyat va barcha his qilish qobiliyatiga ega mavjudotlarning manfaatlarini teng darajada hisobga oladi. Utilitarizm tarafdorlari bir qancha masalalarda bir-biridan turlicha fikrlarni bildirganlar. Masalan, harakatlar ularning kutilayotgan natijalariga qarab tanlanishi kerakmi (harakat utilitarizmi), yoki odamlar foydani maksimal darajada oshiradigan qoidalarga rioya qilishlari kerakmi (qoidaviy utilitarizm) degan savollar bo‘yicha munozaralar mavjud. Shuningdek, umumiy foyda (umumiy utilitarizm) yoki o‘rtacha foyda (o‘rtacha utilitarizm) maksimal darajada oshirilishi kerakmi degan masalada ham kelishmovchiliklar mavjud.
Ushbu nazariyaning ildizlari qadimgi yunon gedonistlari Aristipp va Epikurning baxtni yagona yaxshilik deb hisoblagan qarashlarida, qadimgi xitoylik faylasuf Mo-szining foydani maksimal oshirish va zararni kamaytirishga qaratilgan natijaviylik nazariyasida, hamda oʻrta asr hind faylasufi Shantidevaning asarlarida uchraydi. Zamonaviy utilitarizm anʼanasi Jeremy Bentham bilan boshlangan va keyinchalik John Stuart Mill, Henry Sidgwick, R. M. Hare va Peter Singer kabi faylasuflar tomonidan davom ettirilgan. Ushbu tushuncha ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy yondashuvlarda, adolat masalalarida, global qashshoqlik muammosida, oziq-ovqat uchun hayvonlarni yetishtirishning axloqiy tomonlarida va insoniyatga xavf soluvchi mavjud tahlikalarning oldini olish masalalarida foydalaniladi.
Etimologiyasi Jeremy Bentham tomonidan asos solingan utilitar falsafa, yaʼni „Bentamizm“, uning izdoshi John Stuart Mill tomonidan o‘zgartirilib, rivojlantirildi. Mill, shuningdek, „utilitarizm“ atamasini keng ommaga tanitgan. 1861-yilda Mill oʻz qaydlarida shunday degan edi: Jeremy Bentham „utilitar“ so‘zini birinchi bo‘lib ishlatgan deb hisoblagan, lekin bu so‘zni o‘zi o‘ylab topmagan. Bentham bu atamani John Galtning 1821-yilda yozilgan „Annals of the Parish“ nomli romanida tasodifan uchragan iboradan olganMill, John Stuart. 1861. Utilitarianism. n1.. Biroq, Mill Jeremy Benthamning „utilitar“ atamasini 1781-yilda George Wilsonga yozgan maktubida va 1802-yilda Étienne Dumontga yozgan maktubida ishlatganini bilmas edi.
Tarixi Modernizmgacha bo‘lgan nazariyalar
Baxtni inson hayotining asosiy maqsadi sifatida ko‘rish qadimdan muhokama qilib kelinadi. Qadimgi yunon faylasuflari Aristipp va Epikur baxtga erishishni asosiy tamoyil deb hisoblovchi gedonizm tushunchasining shakllarini ilgari surgan. Aristotel esa evdemoniyani insoniyat uchun eng oliy yaxshilik deb taʼriflagan. Avgustin barcha odamlar oxirgi maqsadni, yaʼni baxtni xohlaydi deb yozgan. Harakatlarni uning oqibatlariga qarab baholash g‘oyasi qadimgi dunyoda ham mavjud bo‘lgan. Natijaviylik nazariyalari birinchi bo‘lib qadimgi xitoylik faylasuf Mo-szi tomonidan ishlab chiqilgan. Mo-szi foydani maksimal darajada oshirish va zararni yo‘q qilishga qaratilgan tizimni taklif qilgan. Moizm natijaviylik jamiyat uchun ahamiyatli bo'lgan axloqiy qadriyatlarni, jumladan siyosiy barqarorlikni, aholi sonining o‘sishini va boylikni qo‘llab-quvvatlagan, ammo individual baxtni maksimal darajada oshirishni maqsad qiluvchi utilitarizm tushunchasini qo‘llab-quvvatlamagan.
Utilitarizm g‘oyalari o‘rta asr faylasuflarining asarlarida ham uchraydi. VIII asrda yashagan hind faylasufi Shantideva shunday deb yozgan: „Biz barcha tirik mavjudotlarning hozirgi va kelajakdagi og‘riq va azoblarini to‘xtatishimiz hamda qulay va baxtli hayotini taʼminlashimiz kerakGoodman, Charles. 2016. "Śāntideva", Stanford Encyclopedia of Philosophy. Retrieved 31 August 2020..“ O‘rta asrlarda Yevropada Foma Akvinskiy baxtni o‘zining „Summa Teologica“ asarida chuqur o‘rgangan. Uyg‘onish davrida esa natijaviylik g‘oyalari Niccolò Machiavellining siyosiy falsafaga oid asarlarida uchraydi. XVIII asr Utilitarizm alohida axloqiy qarash sifatida faqatgina XVIII asrga kelib shakllandi. Garchi, u Jeremy Bentham bilan boshlangan deb hisoblangan bo‘lsa-da, undan oldin ham utilitarizmga o‘xshash nazariyalarni ilgari surgan mualliflar bo‘lgan. Francis Hutcheson Francis Hutcheson 1725-yilda yozilgan o'zining „An Inquiry into the Original of Our Ideas of Beauty and Virtue“ asarida utilitarizmning muhim tamoyillaridan birini taqdim etadi. Unga ko‘ra, eng axloqiy harakatni tanlashda, harakatning axloqiy qiymati u keltiradigan baxtdan foyda ko‘radigan odamlar soniga mutanosib bo‘ladi. Xuddi shunday, axloqiy buzuqlik yoki yomon illatning darajasi azob-uqubat yetkazilgan odamlar soniga bog‘liqdir. Eng yaxshi harakat — bu odamlar uchun eng katta baxt keltiradigan harakat, eng yomoni esa eng ko‘p azob-uqubatlarga sabab bo‘ladigan harakatdir. Kitobning dastlabki uchta nashrida Hutcheson „har qanday harakatning axloqiylik darajasini hisoblash“ uchun turli matematik algoritmlar keltirib o‘tgan. Shu tariqa, Hutcheson Benthamning felitsifik hisoblash tizimi asoslarini oldindan shakllantirgan. John Gay Ba'zilar John Gay utilitar axloqning birinchi tizimli nazariyasini ishlab chiqqan deb hisoblaydiAshcraft, Richard (1991) John Locke: Critical Assessments (Critical assessments of leading political philosophers), Routledge, p. 691. 1731-yilda yozilgan „Concerning the Fundamental Principle of Virtue or Morality“ asarida Gay quyidagicha taʼkidlaydi:
Baxtga intilish esa ushbu g‘oyaga ilohiy asos bilan izohlanadi:
David Hume „An Enquiry Concerning the Principles of Morals“ (1751) asarida David Hume shunday deb yozadi:
Paley
Gayning ilohiy utilitarizmi William Paley tomonidan rivojlantirilgan va ommalashtirilgan. Pali original fikrlovchi bo‘lmagan deb taʼkidlangan, va uning axloq haqidagi risolasidagi falsafalar „boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan g‘oyalarning yig‘indisi bo‘lib, talabalar uchun o‘rganish maqsadida taqdim etilgan, hamkasblar bilan munozara qilish uchun emas“, deb baholangan. Shunga qaramay, uning „The Principles of Moral and Political Philosophy“ (1785) kitobi Kembrij universitetida majburiy darslik sifatida o‘qitilgan. Smithning taʼkidlashicha, Paleyning asarlari bir vaqtlar Amerika kollejlarida, William McGuffey va Noah Websterning boshlang‘ich maktablar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalari kabi mashhur bo‘lgan. Schneewind (1977) shunday deb yozadi: „Utilitarizm atamasi Angliyada birinchi marta William Paleyning asarlari orqali keng tanilgan.“
Hozir unutilgan Paleyning tushunchalari haqida Thomas Rawson Birksning 1874-yilda chop etilgan „Modern Utilitarianism or the Systems of Paley, Bentham and Mill Examined and Compared“ asari nomidan ham bilib olish mumkin.
Paley baxt maqsadini Xudoning tabiatiga asoslab tushuntiradi. Shuningdek, u qoidalarning ahamiyatini muhokama qilib, quyidagicha izoh beradi:
Klassik utilitarizm
Benthamning „An Introduction to the Principles of Morals and Legislation“ kitobi 1780-yilda yozib tugallangan, lekin 1789-yilgacha chop etilmagan. Ehtimol, Paleyning „Principles of Moral and Political Philosophy“ kitobi muvaffaqiyat qozonganini ko‘rib, Bentham o‘z asarini nashr qilishga kirishganRosen, Frederick. 2003. Classical Utilitarianism from Hume to Mill. Routledge. p. 132.. Benthamning kitobi darhol muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lsa-da, uning g‘oyalari ancha kengroq tarqaldi. Bu, Pierre Étienne Louis Dumont Benthamning turli qo‘lyozmalaridan tanlab olingan qismlarini fransuz tiliga tarjima qilganidan keyin amalga oshdiSchneewind, J. B. 1977. Sidgwick's Ethics and Victorian Moral Philosophy. Oxford: Clarendon Press. p. 122.. 1802-yilda nashr etilgan va keyinchalik Hildreth tomonidan ingliz tiliga „The Theory of Legislation“ nomi bilan tarjima qilingan. Biroq, bu vaqtda Dumontning asarlarining muhim qismlari allaqachon qayta tarjima qilinib, John Bowring tomonidan 1838–1843-yillar oralig‘ida qism-qism qilib chiqarilgan Benthamning asarlar to‘plamiga kiritilgan edi.
Ehtimol, Francis Hutcheson "baxtning eng katta darajasini hisoblash" algoritmlarini oxir-oqibat olib tashlaganini Bentham bilgan bo‘lishi mumkin. Hutcheson bu algoritmlarni "foydasiz ko‘ringan va baʼzi o‘quvchilarga yoqmagan" deb hisoblagan edi. Shunga qaramay, Bentham o‘z usulini oqlab, unda hech qanday yangilik yoki asossiz narsa yo‘qligini taʼkidlagan. U shunday yozadi: „Bu yerda hech qanday yangilik yo‘q, chunki odamlar o‘z manfaatlarini aniq tushungan joyda, bu amaliyotga to‘liq mos keladiHutcheson, Francis. 1726. "Introduction." In An Inquiry into the Original of Our Ideas of Beauty and Virtue..“
Rosenning 2003-yildagi nutqida aytishicha, utilitarizm taʼriflari tarixiy jihatdan Bentham va John Stuart Mill kabi utilitar faylasuflarning qarashlariga juda kam miqdorda mos kelgan bo‘lishi mumkin. Ularning fikrlari ko‘pincha o‘n to‘qqizinchi asrda shakllangan utilitarizmning sodda bir talqini bo‘lib, bu talqin harakat utilitarizmining noto‘g‘ri tushunilgan shakli sifatida tanqid qilinishi va rad etilishi uchun yaratilgan, deya qayd etadiRosen, Frederick. 2003. Classical Utilitarianism from Hume to Mill. Routledge. p. 32.. Bentham qoidalar haqida qayg‘urmagan deb o‘ylash xato. Uning asosiy asari qonun chiqarish tamoyillari va gedonik hisoblash usuli bilan bog‘liq bo‘lib, u „demak, zavq va og‘riqlardan qochish qonunchining ko‘zlagan maqsadlaridir“ so‘zlari bilan boshlanadi. VII bobda Bentham shunday deydi: „Hukumatning vazifasi jamiyatning baxtini taʼminlashdir, bu jazolash va mukofotlash orqali amalga oshiriladi... Harakat jamiyat baxtini qanchalik buzsa, qanchalik zararli bo‘lsa, uni jazolashga bo‘lgan talab ham shuncha ortadi.“
Naflilik tamoyili Benthamning asari naflilik tamoyilini bayon qilish bilan boshlanadiBentham, Jeremy. 1780. "Of The Principle of Utility." Pp. 1–6 in An Introduction to the Principles of Morals and Legislation. London: T. Payne and Sons. (Also available as eText, Wikisource). p. 1.:
Gedonik hisoblash IV bobda Bentham zavq va og‘riqning qiymatini hisoblash usulini taqdim etadi, bu usul keyinchalik „gedonik hisoblash“ deb nomlangan. Benthamning taʼkidlashicha, zavq yoki og‘riqning qiymatini o‘z holida quyidagi mezonlarga qarab o‘lchash mumkin: uning intensivligi (kuchliligi), davomiyligi, aniq yoki noaniqligi va yaqinligi hamda uzoqligi. Bundan tashqari, harakatning ushbu zavq yoki og‘riqni keltirib chiqarish moyilligini ham hisobga olish kerak. Bu esa harakatning samaradorligi, yaʼni o‘xshash hissiyotlarni davom ettirish imkoniyati va uning sofligi, yaʼni qarama-qarshi hissiyotlarni keltirib chiqarmaslik ehtimolini o‘lchashni o‘z ichiga oladi. Oxir-oqibat, harakatning taʼsir ko‘rsatadigan odamlar soni yoki qamrovini ham hisobga olish zarur. Birinchi va ikkinchi darajali illatlar Savol tug‘iladi: qachon, qonunni buzish qonuniy yoki hamma uchun foydali bo‘lishi mumkin? Bu masala Benthamning „The Theory of Legislation“ asarida ko‘rib chiqilgan, ushbu kitobda Bentham birlamchi va ikkilamchi yomonliklarni farqlaydi.