Uchar baqalar (Rhacophorus) — dumsiz amfibiyalar urugʻi, kurak oyoqlilar oilasiga mansub. Uzunligi 6—10 sm, 18 turi Janubiy va JanSharqiy Osiyo, Yaponiyada tarqalgan. Daraxtlarda yashaydi; barmoklari orasida pardasi bor. Barmoklarini keng yoyganida yuzasi 20 sm2 gacha yetadi. Uchar baqalar daraxtdan daraxtga yoki yerga 10–12 m gacha sakrashi mumkin. Tanasi ochiq rangli, koʻpincha yashil tusda. Urgʻochisi, odatda, yirikroq boʻlib, koʻpayish davrida erkagi olib yuradi. Tuxumlarini suv ustidagi barglar orasiga qoʻyadi; ayrimlari qorin qismiga yopishtirib oladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Uchar baqalar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.