Figura- geometrik shakl hisoblanadi.

muayyan narsabuyumlarning tashqi koʻrinishi, shakli;

inson tanasining koʻrinishi, qaddiqomat;

biror narsani harakat bilan bajarishda (rake, gimnastikada, konkida uchish va boshqalarda) bajaruvchi shaxs egallaydigan, paydo qiladigan holat, koʻrinish;

geometriyada — tekislikdagi nuqtalar toʻplami (chiziq, doira, burchak, kvadrat — yassi Figuralar) yoki fazodagi nuqtalar toʻplami (konus, kub, piramida — fazoviy Figuralar);

haykaltaroshlik, rassomlikda — inson yoki jonivorlarning xaykal yoki surat tarzidagi tasviri;

tilshunoslik va adabiyotshunoslikda — nutqning tasviriy ifodalari, iboralari — stilistik (uslubiy) Figuralar, mas, antiteza, inversiya, mubolagʻa va boshqa;

shaxmatda — piyodalardan boshqa donalar (shoq, fil, ot kabilar)ning; karta oʻyinida — katta qiymatli kartalar (valet, dama, shoh, tuz)ning umumiy nomi.