William Cuthbert Faulkner (1897-yil 25-sentyabr – 1962-yil 6-iyul) – amerikalik yozuvchi. U oʻzining romanlari va qisqa hikoyalarida Mississippi shtatidagi Lafayette okrugiga asoslangan xayoliy Yoknapatawpha okrugini koʻp tasvirlagan. Nobel mukofoti laureati boʻlgan Faulkner Amerika adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri boʻlgan va janub adabiyotning eng buyuk yozuvchisi deb hisoblangan.

Faulkner Mississippi shtatining Nyu-Albani shahrida tugʻilgan va Mississippining Oksford shaharchasida ulgʻaygan. Birinchi Jahon urushi davrida Kanada Qirollik havo kuchlariga qoʻshiladi, ammo jangda ishtirok eta olmaydi. Oksfordga qaytganidan soʻng, u Mississippi universitetida 3 semestr davomida tahsil oladi, ammo keyin universitetni tashlab ketadi. UYangi Orleanga koʻchib oʻtadi va oʻsha yerda oʻzining ilk romani „Askar mukofoti“ (1926)ni yozdi. U yana Oksfordga qaytib boradi va Sartoris (1927) asarini yaratadi. 1929-yilda u „Shovqin va gʻazab“ (1929) asarini nashr qildiradiPhillips (1980), p. 50..

Malcolm Cowleyning The Portable Faulkner asari nashrdan chiqqanidan soʻng Faulknerning obroʻsi oshadi va shundan soʻng uni 1949-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlashadi. Natijada William Cuthbert Faulkner Mississippida tugʻilgan yagona Nobel mukofoti sovrindori. Uning ikkita asari – „Fable“(1954) va "The Reivers (1962) badiiy adabiyot boʻyicha Pulitser mukofotiga sazovor boʻldi. 1962-yil 6-iyulda Faulkner yurak huruji sababli vafot etadi. Ralph Ellison unga „Janubning eng yaxshi yozuvchisi“ deb tarif bergan.

Hayoti

Bolaligi William Cuthbert Faulkner 1897-yil 25-sentabrda Mississippi shtatining Nyu-Olbani shahridaMinter (1980), p. 1. Murry Cuthbert Faulkner (1870–1932) va Maud Butler (1871–1960)larning toʻrt farzandning toʻngʻichi boʻlib tugʻilganMWP: William Faulkner (1897–1962) , OleMiss.edu; accessed September 26, 2017.. Uning oilasi yuqori oʻrta tabaqadan edi, shunga qaramasdan „ eski feodal paxta aristokratiyasidan ham emas“. Maud Murryning Texasda chorvador boʻlish rejasini rad etganidan soʻngMinter (1980), p. 7., ular 1902-yilda Mississippi shtatining Oksford shahriga koʻchib oʻtishadiMinter (1980), p. 8.. U yerda Faulknerning otasi Mississippi universitetining biznes menejeri boʻlishdan oldin apparat doʻkonini tashkil qildiOʻConnor (1959), p. 4.. Boshqa joylardagi qisqa muddat davomida yashaganini hisobga olmaganda, Faulkner umrining oxirigacha Oksfordda yashaydiMWP: William Faulkner (1897–1962) , OleMiss.edu; accessed September 26, 2017..

Yangi Orlean va ilk romanlari Faulkner avlodining aksariyat yozuvchilari Yevropaga sayohat qilgan va yashagan boʻlsa, Faulkner Qoʻshma Shtatlarda yozishni davom ettiradiPikoulis (1982), p. ix.. Faulkner 1925-yilning birinchi yarmini koʻplab bohem rassomlari va yozuvchilari yashaydigan Yangi Orleanda (Luiziana shtati) oʻtkazadi. Keyinchalik mart oyidan boshlab fransuz kvartalida yashadiKoch (2007), pp. 55—56.. U Yangi Orleanda boʻlgan vaqtlarida sheʼriyatdan tashqari nasrda ham ijod qildi va adabiy uslubini Viktoriyadan modernizmga oʻzgartiradiKoch (2007), pp. 56, 58.. The Times-Picayuneda esa bir nechta qisqa nasriy asarlari chop etiladiKoch (2007), pp. 58..

Nobel mukofoti Faulkner 1949-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga „zamonaviy Amerika adabiyotiga qoʻshgan qudratli va noyob hissasi“ uchun sazovor boʻladi. U yana bir yil oʻtib, 1950-yilda Bertran Rassell mukofoti bilan taqdirlandi.

Asarlari Faulknerning „Bu oʻn uchlar“ (1931) nomli ilk hikoyalar toʻplamiga uning „A Rose for Emily“, „Red Leaves“, „That Evening Sun“ va „Dry September“ kabi eng mashhur (va tez-tez antologizatsiya qilingan) hikoyalari kiritiladi. Uning asarlarida Yoknapatawpha okrugi hayoliy manzara sifatida tasvirlanganPikoulis (1982), p. 2..

U ikkita sheʼriy toʻplamini yozadi va ularni kichik bosma nashrlarda chop qildiradi. "The Marble Faun" (1924) va "A Green Bough" (1933) va „Knightʼs Gambit“ (1949) toʻplamlari shular jumlasidan.

Shuningdek, u 1951-yilda „Hikoyalar jamlanmasi“ va 1955-yilda „A Fable“ uchun AQSh Milliy kitob mukofotiga ikki marotaba sazovor boʻlgan„National Book Awards – 1951“ . National Book Foundation. Retrieved 2012-03-31. (With essays by Neil Baldwin and Harold Augenbraum from the Awards 50- and 60-year anniversary publications.)„National Book Awards – 1955“ . National Book Foundation. Retrieved 2012-03-31. (With acceptance speech by Faulkner and essays by Neil Baldwin and Harold Augenbraum from the Awards 50- and 60-year anniversary publications.).

Tanlangan asarlari roʻyxati

Shovqin va gʻazab (1929) Oʻlim toʻshagida (1930) Ibodatxona (1931) Light in August (1932) Avessalom, Avessalom (1936) The Wild Palms (1939) Go Down, Moses (1942) Intruder in the Dust (1948) A Fable (1954) The Reivers (1962)

Filmography

Flesh (1932) Today We Live (1933) The Story of Temple Drake (1933) Submarine Patrol (1938) Air Force (1943) To Have and Have Not (1944) The Big Sleep (1946) Land of the Pharaohs (1955)

Manbalar

Havolalar

William Faulkner Virjiniya universitetidagi hujjatlari Garri Ransom markazidagi William Faulkner Papers kolleksiyasi William Faulkner ishlari kitob shaklida William Faulkner ishlari William Faulkner ishlari va u haqidagi asarlar William Faulkner ishlari audio shaklda

Raqamli Yoknapatawpha Virjiniyadagi Faulkner: Audio arxiv William Faulkner oilaviy kolleksiyasi (MUM00125) Turkum:Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik erkak ssenaristlar Turkum:1962-yilda vafot etganlar Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Amerikalik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar