Xartum madaniyati — Sudandagi neolit davri (miloddan avval 7 ming yillik oxiri — 4 ming yillik)ga mansub madaniyat. Xartum sh. yaqinidan topilgani uchun nomi shundan. Manzilgoxlardan mikrolitlar, tosh iskana va boltalar, yorgʻuchoqlar, sopol buyumlar topilgan. Aholi balik, ovlash, terimchilik, ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan.
Turkum:Arxeologik madaniyatlar