Sinizm (lot: Kynismos, grek: Kυνισμός) yoki siniklik – axloqiy meʼyorlarga, madaniy qadriyatlar va odob-axloq haqidagi tasavvurlarga ochiqdan-ochiq, nazar-pisand qilmaslik va mensimaslik ruhidagi munosabatTsinizm – Ushakovning Rus tili izohli lugʻatiTsinizm Wayback Machine – Kichik akademik lugʻatTsinizm – Romanova N. N., Filippov A. V. „Lugʻat. Nutqiy muloqot madaniyati: etika, pragmatika, psixologiya“, 2010-yil..
Koʻrinishi Belgilangan yoki barcha axloqiy qadriyatlarga ongli ravishda va namoyishkorona bepisand munosabatni ifodalovchi xatti-harakat.
Dunyoqarash, unda axloqiy rasm-rusumlar amaliy masalalarni hal qilishda toʻsqinlik qiluvchi yoki ortiqcha deb qabul qilinadi, shuningdek, rahm-shafqat, achinish, uyat, hamdardlik kabi motivlarni shaxsiy manfaatga mos kelmaydigan deb inkor etadi.
Eʼtiqod va xatti-harakatdagi sinizm odatda shaxsiy maqsadlariga erishish uchun har qanday vositalarga murojaat qilishga tayyor boʻlgan odamlar (siniklar)ga xosdirSinizm – „Politicheskaya nauka: Slovar-spravochnik (Siyosiy fan: Lugʻat-maʼlumotnoma)“, 2010-yildagi maqola.. Atrofdagilar tomonidan sinik deb qabul qilinadigan xatti-harakatlar koʻpincha jamiyat tomonidan qoralashga sabab boʻladi va mojaro keltirib chiqaruvchi omil sifatida namoyon boʻladi. Tsinizm – Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. „Konfliktolog lugʻati“, 2009-yil.
Manbalar
Adabiyotlar Mazella, David, (2007), The Making of Modern Cynicism, University of Virginia Press. Sloterdijk, Peter, (1988), Critique of Cynical Reason, University of Minnesota Press.
Havolalar
The Cynic’s Sanctuary The Cynical Web Site Cynicism / Conspiracism from Project Worldview „Is it worse to be cynical or jaded?“ Retrieved 2008-05-30
turkum:Sinizm turkum:Axloqiy sifatlar Turkum:Shaxsiy xususiyatlar Turkum:Modernizm Turkum:Psixologik munosabat Turkum:Ijtimoiy nazariyalar Turkum:Ishonchsizlik