Chimyon — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi shahar (1943-yildan). Fargʻona shahridan 28 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Oltiariq (24 km). Aholisi 3,4 ming kishini tashkil etadi (2004). Chimyonda 2 ta umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat saroyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, stadion, poliklinika, dorixona mavjud. Chimyon hududida eski neft koni, balneologik kurort bor. Kurort mineral suvi tarkibida vodorodsulfid (300–500 mg/l) va natriy xlorid asosiy oʻrin tutadi. Tarkibi jihatdan Kavkazdagi SochiMatsesta mineral suvlariga tenglashadi. Chimyonda yuraktomir, periferiya nerv sistemasi, tayanchharakat apparatlari, ovqat hazm qilish organlari, teri, radikulit, spondilyoz, revmatizm va boshqa kasalliklar davolanadi"" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Fargʻona tumanining shahar tipidagi aholi punktlari