Andrew Schally (1926.30.11) — amerikalik tibbiyot xodimi (medik). Kanadadagi Makchill universitetini tugatgan (1955). 1949—52 yil Londondagi tibbiy tadqiqotlar Milliy institutida biokimyodan assistent; 1952—57 yil Makchill universiteti psixiatriya boʻlimida ishlagan (Monreal, Kvebek). 1957-yildan AQShda. 1957—62 yillarda Xyustondagi Beyler universiteti tibbiyot kollejida fiziologiya va biokimyo boʻyicha professor yordamchisi. 1962-yildan NyuOrleandagi gospitalda polipeptid va endokrinologiya laboratoriya rahbari. Ilmiy faoliyati gipotalamik rilizinggormonlarini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishga oid. Nobel mukofoti laureati (1977, R. Giymen va R.S. Yalou bilan hamkorlikda)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:30-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari