Murod Sharifxoʻjayev (1932.20.8, Toshkent — 2008.14.12, Toshkent) – iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1978), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1992). Toshkent moliya iqtisod institutini tugatgan (1953). Shu institutda aspirant, assistent, katta oʻqituvchi (1953—1963), dotsent (1963—1967), xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasi mudiri (1967—1979). Oʻzbekiston Davlat plan qoʻmitasi (Gosplan) qoshidagi Iqtisodiy ilmiy tadqiqot instituti direktori (1975—1976), Toshkent xalq xoʻjaligi instituti rektori (1976—1986), Qurilish komplekslari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish va kayta tayyorlash instituti prorektori (1986—90), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1990—1991). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi raisi (1994—1995), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining rektori (1995-yil aprel—iyul). Toshkent moliya instituti rektori (1991—2005).
Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda kapital qurilishi, iqtisodiy nazariya, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xalq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, aholini ish bilan taʼminlash va boshqa masalalarga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi.
2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005-yil fevraldan 2006-yil 27-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi.
Asarlari Kapitalnoye stroitelstvo v Uzbekistane i yego materialnotexnicheskaya baza, T., 1971; Ekonomicheskiye problemi proizvodstva stroitelnix materialov, T., 1971; Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti, T., 2000; Menejment, T., 2001; Oʻzbekiston. Yangi gʻoyalar, yangi yutuqlar, T., 2002; Oʻzbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi, T., 2003; Chelovek, opredelivshey epoxu, M, 2004; Davrni belgilab bergan inson, T., 2004 (hammualliflikda).
Manbalar
Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arboblari