Eyr yoki Kati Thanda–Lake Eyre — Avstraliyadagi eng yirik oqmas shoʻr koʻl. Materikning jan. qismidagi choʻl iqlimli botiq (dengiz sathidan 12 m past) da joylashgan. Koʻl yozda vaqtincha oqadigan daryo va soylar keltirgan suv bilan toʻlib, maydoni 15 ming km²ga, chuq. 20 m ga yetadi. Yilning qolgan mavsumida qurib, oʻrnida shoʻrxok qoladi. Milliy bogʻ tarkibida. Koʻl ingliz tadqiqotchi sayyohi E.J.Eyr nomiga qoʻyilgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Eyr · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.