Elista (1944-1957-yillarda Stepnoy) — Rossiya Federatsiyasi Qalmoq Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti, temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 103 749 kishi (2010). Elistaga 1865-yilda asos solingan. Qurilish materiallari (temirbeton buyumlar, keramzit zavodlari, qurilish materiallari kti), yengil (tikuvchilik va trikotaj fabrikalari), yogʻochsozlik (mebel fabrikasi va boshqalar), oziq-ovqat (goʻsht kombinati va boshqalar) sanoatlari korxonalari ishlab turibdi. „Muzlatgich“ zavodi faoliyat koʻrsatadi. Universitet, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, kartinalar galereyasi bor. Demografiyasi Aholisi:

Etnik guruhlar (2010): Qalmoqlar — 69.3 % Ruslar — 26.3 % Qozoqlar — 0.6 % Boshqalar — 3.8 % Galereya

Manbalar

Havolalar

Elista rasmiy sayti Elista haqida maʼlumot

Turkum:Rossiya shaharlari