Erkin Hamidovich Ergashev (1933-yil, 11-yanvar — Samarqand — 2004-yil, 1-avgust) — parazitolog gelmintolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), veterinariya fanlari doktori (1964), professor (1965). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutining Veterinariya fakultetini tugatgan (1953). Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida aspirant (1953—56), parazitologiya kafedrasi dotsenti (1957—64), Veterinariya fakulteti dekani (1960—62), Oʻzbekiston Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti direktori (birinchi muddat 1964—65; ikkinchi muddat 1978—84), ayni paytda 1965-yildan Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Parazitologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida oʻmrining oxirigacha samarali faoliyat olib borgan.

Ilmiy ishlari gelmintlar faunasi, epizootologiyasi, biologiyasi, patogenezi, immuniteti, zooastroponozlar, chorva mollari va parrandalarning invazion kasalliklarining oldini olish, davolash va qarshi kurashning samarali usullarini ishlab chiqish va boshqa masalalarga bagʻishlangan. "Biologiya va tibbiyot muammolari" jurnal bosh muhariri (1996—2004). "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

Manbalar Parazitologiya asoslari va trematodozlar bilan sestozlar, T., 1971 (hammualliflikda); Chorva mollarining nematodoz kasalliklari, T., 1972 (hammualliflikda); Gelmintm i gelmintozn karakulskix ovets, T., 1973; Veterinariya asoslari, 2-qism, T., 1974 (hammualliflikda).

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:1-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:8-yanvarda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari