border|right|frameless|321x321px Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi Aksiyadorlik jamiyati''' — Oʻzbekiston energetika tizimidagi koʻmir yoqilgʻisidan foydalanuvchi yirik issiqlik elektr stansiyasi. Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi Nurobod shaharchasida joylashgan.
Tarix 1976-yillarda Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻistonda elektr yuklamalari ortib borayotgani va bu hududda gaz mazut yoqilgʻilsi tanqisligi sababli, Angren havzasidan qoʻngʻir koʻmir qazib olishni rivojlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib (sanoat zaxiralari 911,4 mln tonna) va Toshkent viloyatining Angren shahridagi koʻmir konlari yaqinida Yangi-Angren GRESini qurish moʻljallandi. Yangi-Angren GRESining qurilishi SSSR Vazirlar Kengashining 21.10.1976 yildagi "SSSR xalq hoʻjaligini rivojlantirishning 1976-1980 yillarga moʻljallangan davlat besh yillik rejasi toʻgʻrisidagi 870-sonli qarori bilan nazarda tutilgan boʻlib, texnik loyihani ishlab chiqarishda SSSR ning ilgʻor energetika obektlarini loyihalash, qurish, montaj qilish, ishga tushirish va sozlash tajribasi, hamda eng koʻzga koʻringan xorijiy elektr stansiyalarning tajribasi inobatga olindi. Texnik iqtisodiy asosga koʻra Yangi-Angren IES da quvvati 300 MVt dan boʻlgan 8 ta energoblok qurilishi moʻljallandi: 1-navbatda — 4 ta energoblok 2-navbatda — 4 ta energoblok
Turkum:Oʻzbekiston issiqlik elektr stansiyalari Turkum:Oʻzbekenergo