Yangi Kaledoniya () — Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Maydoni 19,1 ming km2. Aholisi 271 407 kishi (2019), asosan, melanezlar. Maʼmuriy markazi — Numea shahri. Rasmiy tili fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774-yil 4-sentabrda yevropaliklardan James Cook borgan. Yangi Kaledoniya 1853-yildan Fransiya mulki. 1984-yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan oliy komissar boshqargan, 1985-yilgi saylovlardan so‘ng kongress (6 yil muddatga saylanadigan 54 ta aʼzo) boshqaradi. 1987-yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, qatnashuvchilarning 98 % Yangi Kaledoniyani Fransiya tarkibida qolishi tarafdori bo‘lgan.

Orollarning yer yuzasi vulqon jinslaridan tuzilgan yassitog‘lik. Eng baland joyi 1628 m. G‘arbiy qismi sertepa tekislik. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning o‘rtacha temperaturasi 24-26°C, iyulniki 20°C. Yillik yog‘in sharqida 3000mm, g‘arbida 700 mm yog‘adi. Yozda tropik dovullar bo‘ladi. Daryo ko‘p. O‘simlik dunyosi baland bo‘yli o‘tlar, siyrak igna bargli o‘rmonlardan iborat. Endemik o‘simlik turlariga boy. Temir va nikel rudalari qazib olinadi. Yangi Kaledoniya aholisi, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Sholi, maniok va makkajo‘xori ekiladi. Yog‘ochsozlik, oziq-ovqat korxonalari bor, chetga metall, kofe, kopra chiqariladi.

Davlat boshqaruvi Fransiyaning alohida maʼmuriy-hududiy tuzilmasi. Davlat rahbari — Fransiya prezidenti. Uning nomidan oliy komissar hududni boshqaradi. Ijroiya hokimiyatini mahalliy hukumat bajaradi. Bir palatali Kongress esa 5 yil muddatga saylanadigan 54 ta deputatdan iborat. Yangi Kaledoniya Fransiya parlamentida ikki deputatga va ikki senatorga ega. Kanak sotsialistik milliy ozodlik fronti (Mustaqillik uchun milliy ittifoq), Soʻl sotsialistlar tashkilotlari ittifoqi, Kanaklarni ozod qilish partiyasi, Melanez taraqqiyparvar ittifoqi, Kaledoniya ittifoqi, Okeaniya demokratik harakati, Xalq harakati uchun ittifoq, „Kaledoniya birgalikda“ partiyasi, Mehnat partiyasi, „Kaledoniya uchun majlis“ kabi partiyalar faoliyat yuritadi.

Maʼmuriy-hududiy tuzilishi Yangi Kaledoniya maʼmuriy jihatdan 3 ta provinsiya va 33 ta kommunaga boʻlinadi. Davlat provinsiyalarga, provinsiyalar kommunalarga ajratilgan.

thumb|450px|right

Janubiy provinsiya (zargʻaldoq) Shimoliy provinsiya (yashil) Luayote orollari (sariq) 1. Thio 14. Poya 31. Ouvéa 2. Yaté 15. Pouembout 32. Lifou 3. LʼÎle-des-Pins 16. Koné 33. Maré 4. Le Mont-Dore 17. Voh 5. Nouméa 18. Kaala-Gomen 6. Dumbéa 19. Koumac 7. Païta 20. Poum 8. Bouloupari 21. Belep-Inseln 9. La Foa 22. Ouégoa 10. Sarraméa 23. Pouébo 11. Farino 24. Hienghène 12. Moindou 25. Touho 13. Bourail 26. Poindimié 14. Poya 27. Ponérihouen 28. Houaïlou 29. Kouaoua 30. Canala

Aholisi

Aholining etnik tarkibi:

melanezlar (kanaklar) — 39,1 %,

oq tanlilar (asosan, fransuzlar) — 27,2 %,

arablar va osiyoliklar avlodlari — 21 %,

uveanlar va futunanlar — 8,2 %,

polinezlar — 2,1 %,

indonezlar — 1,4 %,

ni-vanuatular — 1 %,

vyetnamlik va hindixitoyliklar — 0,9 % ni tashkil etadi.

Rasmiy tili — fransuz tili. Shuningdek, bu yerlik aholi 33 melanez va polinez tillarida soʻzlashadi.

Xristianlar — 90 %, musulmonlar — 5 %, qolganlar — 5 %. Geografik joylashuvi va tabiati Shu nomdagi yirik orolda va Tinch okeani janubi-gʻarbiy qismidagi koʻplab mayda orollar guruhida joylashgan. Manbalar

Havolalar

Yangi Kaledoniya hukumati Yangi Kaledoniya — rasmiy Fransiya hukumati sayti Yangi Kaledoniya: Turizm

Biodiversité Néo-Calédonienne