Qanlikoʻl — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qanlikoʻl tumanidagi shaharcha (1982-yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Oltinkoʻl (1 km). Qalinkoʻl dan Nukusgacha 90 km. Aholisi 10,7 ming kishini tashkil etadi (2005). Shaharchada paxta tozalash, gʻisht zdlari, avtokorxona, qurilish korxonalari, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 1 ta qoʻshma, shuningdek, kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, 2 ta shirkat korxonasi ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, sanoattransport kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, stadion, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Qalinkoʻldan Nukus, Qoʻngʻirot, Kegeyli, Shumanay shahrilariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.
Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Qoraqalpogʻiston shaharlari Turkum:Qanlikoʻl tumani
Turkum:Qoraqalpogʻistonning nomi oʻzgartirilgan aholi punktlari Turkum:Qoraqalpogʻistonning shahar tipidagi aholi punktlari