Qaraimlar (oʻzlarini qaraylar deb atashadi; yahudiycha qaraim — oʻqiydigan) — 1) Ukraina (asosan, Qrimda, 1,4 ming kishi), Litva (taxminan 300 kishi) va Rossiyada (Moskva va Sankt-Peterburgda taxminan 700 kishi) yashovchi xalq. Umumiy soni sobiq Ittifoq davlatlarida 2,6 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Polsha, Fransiya va Isroilda ham yashaydilar. Qaraim tilida soʻzlashadi. Dindorlari qaraimiylikka sigʻinadi; 2) iudaizm (yahudiylik)da (VIII asrda) paydo boʻlgan sekta izdoshlari, asosan, Isroilda yashaydi. Ular faqat Qadimiy ahdni muqaddas kitob deb eʼtirof etadilar.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Qaraimlar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.