thumb| Anʼanaviy „Jolly Roger“ qaroqchilik bayrogʻi. Qaroqchilik – yuk va boshqa qimmatbaho buyumlarni oʻgʻirlash maqsadida kemalarga, qirgʻoqboʻyi hududlarga kirib borib kema yoki qayiqda tajovuz qiluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan talonchilik yoki jinoiy zoʻravonlik. Qaroqchilik bilan shugʻullanuvchilar qaroqchilar, qaroqchilik uchun ishlatiladigan kemalar esa qaroqchi kemalar deb ataladi. Qaroqchilik dastlab miloddan avvalgi XIV asrda hujjatlashtirila boshlangan boʻlib, dengiz xalqlari, okean bosqinchilari Egey va Oʻrta yer dengizi mintaqalari kemalariga hujum qilib turishgan. Yuk tashishga moʻljallangan qatnov kemalarini oʻtkazadigan tor kanallar uzoq vaqt qaroqchilik bilan va shu kabi xususiylashtirish va tijorat reydlari uchun imkoniyatlar yaratib kelgan.

Bunday hududlarga Gibraltar, Malakka boʻgʻozi, Madagaskar, Aden koʻrfazi va La-Mansh suvlari tarixiy misol boʻla oladi, ayniqsa ular geografik tuzilmalariga koʻra qaroqchilar hujumi uchun qulay hisoblangan. Qaroqchilik atamasi odatda dengizdagi qaroqchilariga ishora boʻlgan va lekin bu atama quruqlikda, havoda, kompyuter tarmoqlarida (ilmiy fantastikada) va koinotda sodir etilgan harakatlarga nisbatan ham umumlashtirib qoʻllanadi. Qaroqchilikda qaroqchining oʻz kemasida sodir etgan jinoyatlari (masalan, oʻgʻirlik), shuningdek, davlat hukumati ruxsati boʻlgan xususiy mulkni talon-taroj qilish istisno qilingan.thumb|Filippindagi Moro qaroqchilari tomonidan qoʻllangan ikki barrelli lantaka toʻplari, kalasag qalqonlari, zirhlar va turli qilichlar (tahminan 1900-yil).

Qaroqchilik xalqaro odat huquqlariga ega boʻlgan muayyan jinoyat turi boʻlishi bilan birga, bir qator shtatlarning munitsipal qonunchiligidagi jinoyatlarning nomi. XXI asrning boshlarida transport kemalariga dengiz qaroqchiligi hujumi muhim muammo boʻlib qolgan. Buning natijasida 2004-yilda dunyo boʻyicha, jumladan Qizil dengiz, Hind okeani oʻrtasi, Somali qirgʻoqlari, Malakka boʻgʻozi va Singapurdagi dengiz, okean suvlarida qaroqchilik faoliyati yiliga 16 milliard AQSh dollari miqdoridagi yoʻqotishlarga sabab boʻlgan. Zamonaviy qaroqchilar avtomatik qurollar, granatalar, pulemyotlar va hujum miltiqlari kabi avtomatlar bilan qurollangan. Ular tezkor hujum qilish va kemalarga chiqish uchun kichik motorli qayiqlardan foydalanadilar va bu usul zamonaviy yuk va transport kemalarida asosan ekipaj aʼzolari kam sonli boʻlganida qoʻl keladi. Xalqaro hamjamiyatda zamonaviy qaroqchilarni javobgarlikka tortish koʻplab muammolarga duch kelmoqda, chunki qaroqchilik hujumlar koʻpincha xalqaro ochiq dengizlarda sodir boʻladi va uni bevosita kuzatishning imkoni kam. Bularning oldini olish va chora koʻrish uchun millatlar tomonidan qaroqchilarni qaytarish va taʼqib qilishda harbiy-dengiz kuchlari tashkil qilingan, baʼzi xususiy kemalarda bortga kiruvchilarni qaytarish uchun qurollangan qoʻriqchilar jalb etilgan, yuqori bosimli suv toʻplari yoki ovozli toʻplar oʻrnatilgan. Potensial tahdidlardan qochish uchun radarlardan foydalaniladi.thumb| Tunisdagi Rim triremasi mozaikasiYelkanli qayiqlar davridagi qaroqchilik haqidagi romantik hikoyalar uzoq vaqtdan beri Gʻarb pop madaniyatining bir qismi boʻlib kelgan. 1724-yilda Londonda nashr etilgan ikki jildlik Qaroqchilarning umumiy tarixi asarida asosiy qaroqchi shaxslar va ularning Qaroqchilikning oltin asridagi faoliyati va muhitining yarim aniq tavsifi ommaning tasavvuriga namoyish qilingan. Umumiy tarix asarida qaroqchilikning koʻplab badiiy tasvirlari ilhomlantirilgan, ayniqsa Treasure Island (1883-yil) va Peter Pan (1911-yil) romanlari sahna, kino, televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalari uchun moslashtirilgan. 2003-yilda efirga namoyish etilib boshlangan, oltin asr qaroqchilik davrining fantastik qahramonlari tasvirlangan Karib dengizi qaroqchilari film serialari franshizasi tomoshabinlar uchun namoyish etildi va ommalashtirildi. Kelib chiqishi Ingliz tilidagi „Pirate“ (qaroqchi) soʻzining maʼnosi lotincha pirata (qaroqchi, korsar, dengiz qaroqchisi) soʻzidan olingan boʻlib, qadimgi yunon tilida piratos (peiratēs) – „oʻgʻri“, piramoi (peiráomai), péῖra—urinish, tajriba, „urinib koʻraman“, „harakat qilaman“ degan soʻzlardan kelib chiqqan. Peiratēs soʻzining maʼnosi yunonchada tom maʼnoda „biror umumiy narsaga harakat qiladigan har bir kishi“ degan maʼnoni anglatadi. Vaqt oʻtishi bilan u quruqlikda yoki dengizda talonchilik bilan shugʻullanadigan har bir kishiga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi. Pirates (qaroqchilar) atamasi birinchi marta taxminan 1300-yil oldin ingliz tilida paydo boʻlgan. XVIII asrgacha imlo standartlashtirilmagan va „pirrot“, „pirate“, „pirat“ kabi shakllar shu davrgacha mavjud boʻlgan.

Tarixi

Yevropada qaroqchilik

Antik davrda qaroqchilik Qaroqchilikning dastlabki rasmiylashtirilgan namunalari miloddan avvalgi XIV asrda Egey va Oʻrta Yer dengizi suvlarida suzib yurgan kemalarga tahdid solgan dengiz xalqlarining eksplantatsiyasidir. Klassik antik davrda Finikiyaliklar, Illiriyaliklar va Tyrrheniyaliklar qaroqchilikda asosiy faoliyat olib borgan. Klassikgacha boʻlgan davrda qadimgi yunonlar qaroqchilikni hayotiy kasb sifatida qabul qilganlar. Ularda qaroqchilik keng tarqalgan va yashashning mutlaqo sharafli usuli hisoblanganMøller, Bjørn. „Piracy, Maritime Terrorism and Naval Strategy.“ Copenhagen: Danish Institute for International Studies, November 16, 2008. 10.. Bu haqida koʻpgina yunon manbalarida, shuningdek Homerning Iliada Odisseya asarlarida uning mutlaqo normal hodisa ekanligiga havola qilingan va ayollar va bolalarni qullikka sotish uchun oʻgʻirlash keng tarqalgani koʻrsatilgan. Klassik Yunoniston davriga kelib esa, qaroqchilik qilish kasb sifatida „sharmandalik“ deb qoralanganThucydides wrote: „For in early times the Hellenes and the barbarians of the coast and islands, as communication by sea became more common, were tempted to turn pirate…indeed, this came to be the main source of their livelihood, no disgrace being yet attached to such an achievement, but even some glory.“.

Qadimgi eng mashhur gʻarbiy Bolqon yarim orolida yashagan qaroqchilardan bir guruhi Illiriylar boʻlgan. Ular koʻpincha Adriatika dengiziga hujum uyushtirib turishgan. Bu esa ular va Rim Respublikasi oʻrtasida nizolarga sabab boʻlgan va 229-yilda Rimliklar Illiriy qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Bundan tashqari Rim imperiyasining Oʻrta yer dengizining sharqiy qismidagi savdosiga xavf soladigan bir nechta qaroqchilar ham boʻlgan. Miloddan avvalgi 75-yilda Egey dengizida sayohatda yurgan Yuliy Sezar Kilikiya qaroqchilari tomonidan asirlikka olinganAgain, according to Suetonius’s chronology (Julius 4 Archived December 26, 2022, at the Wayback Machine). Plutarch (Caesar 1.8–2 Archived February 13, 2018, at the Library of Congress Web Archives) says this happened earlier, on his return from Nicomedes’s court. Velleius Paterculus (Roman History 2:41.3–42 Archived July 31, 2022, at the Wayback Machine says merely that it happened when he was a young man.. Farmakoz orolidagi Dodekanada qisqa vaqt tutqunlikda ushlangan. Shunda keyin senat kelishilgan holda general Gnaeus Pompenius Magnusni miloddan avvalgi 67-yilda qaroqchilarga qarshi kurashishga yuboradi. Uch oylik dengiz urushidan keyin qaroqchilar floti ustidan gʻalaba qozoniladiPlutarch, Caesar 1–2..

Milodiy 258-yilda Qora dengiz va Marmar dengizi atrofi shaharlari Gothic-Herulic floti tomonidan vayron qilingan. Huddi shunday talofatlar Egey dengizida ham bir necha yillar davomida kuzatilgan. 286-yilda galiyalik Rim harbiy qoʻmondoni Karauziy Britannica flotiga bosh etib tayinlangan hamda Armorika, Belgiya, Galliya qirgʻoqlariga hujum qiladigan frank va sakson qaroqchilariga qarshi kurashga safarbar etilgan. Rimning Britaniya provinsiyasida Avliyo Patrick irlandyalik qaroqchilar tomonidan qoʻlga olingan va qul qilingan.

Oʻrta asrlar davrida qaroqchilik right|thumb| XII asr oʻrtalarida chizilgan Vikinglar floti Oʻrta asrlarda Yevropada eng koʻp eʼtirof etilgan va keng tarqalgan qaroqchilar Vikinglar edi. Ular asosan ilk oʻrta asrlarda (VIII—XII asrlarda) Vikinglar davrida bosqin va talonchilik qilgan Skandinaviyadan kelgan dengiz jangchilari boʻlgan. Ular butun Gʻarbiy Yevropaning qirgʻoqlari, daryolari va ichki shaharlari boʻylab talonchiliklar uyushtirishgan va 844-yilda Norvegiya tomonidan hujumga uchragan Sevillaga qadar bostirib kirgan. Vikinglar Shimoliy Afrika va Italiya qirgʻoqlari va Boltiq dengizining barcha qirgʻoqlarini talon-taroj qilgan. Baʼzi vikinglar Sharqiy Yevropa daryolari boʻylab Qora dengiz va Forsgacha koʻtarilishgan.

IX asrning oxiriga kelib, Janubiy Fransiya va Italiyaning shimoliy qirgʻoqlari boʻylab Mavr qaroqchilari boshpanalari paydo boʻldiThe Pirates of St. Tropez.. 846-yilda Moor bosqinchilari Rimdagi Avliyo Pyotr va Avliyo Polning qoʻshimcha istehkomlarini talon-taroj qilishdi. 911-yilda Narbonna episkopi Rimdan Fransiyaga qaytib kela olmadi, sababi Frascinetodan kelgan Mavr qaroqchilari Alp togʻlaridagi barcha dovonlarni oʻz nazoratiga olishdi. Moor qaroqchilari X asrda asosan Balear orollaridan tashqarida faoliyat yuritishgan. 824-yildan 961-yilgacha Krit amirligidagi arab qaroqchilari butun Oʻrta Yer dengiziga bostirib kirib talonchilik qilishdi. XIV asrda Moor qaroqchilarining birlashmalari Venetsiyalik Krit gertsogidan oʻz flotini doimiy qoʻriqlashda saqlashni soʻrashga majbur qildi. thumb| Vitalienbrüder. Oʻrta asrlarda Victual Brothers jamolari tufayli Boltiq dengizida qaroqchiliningk endemik boʻlib qolishi. V-VI asrlarda Rimdagi sobiq Dalmatsiya viloyatida slavyanlar bosqinidan soʻng Narentinlar deb nomlangan qabila eski Illiriya qaroqchilariga hos usullarda bosqinchiliklar boshlagan. Ular VII asrlardan Adriatika dengizida bir necha bor yurishlarni amalga oshirgan. Ularning taʼsirida dengiz sayohat qilish uchun xavfli boʻlib qolgan.

Narentinlar huddi 827—882-yillardagi Sitsiliya suvlarida yurishlari paytidagidek bu yerlarda ham bosqinchilik ishlarini kuchaytirgan va koʻproq erkinlikka ega boʻlgan. Ularning erkin harakat qilishiga sabab esa Venetsiya flotining chet el safarlariga ketishi boʻlgan va ular qaytgach Narentinaliklar faoliyatini biroz cheklab, shartnoma imzolashga majbur boʻlishgan. Ammo 834 yoki 835-yillarda ular shartnoma qoidalaridan chetga chiqib Beneventodan qaytgan venetsiyalik savdogarlarga hujum uyushtirgan. Qaroqchilarga qarshi Venetsiya qoʻshinlarining 839—840-yillardagi harbiy yurishlari muvaffaqqiyatsizlikka uchragan. Shundan soʻng ular arablar bilan birikib Venetsiyaliklarga qarshi hujumlar uyushtirgan. 846-yilda Narentinlar Venetsiyaning Kaorle shahriga bostirib kirishgan. 872-yilda Adriatika sohilidagi arab qaroqchilari hamda Imperator dengiz floti chekinishlaridan keyin Narentinlar Venetsiya suvlarida faoliyatini davom ettirgan. 887—888-yillarda Narentinlar va Italyanlar oʻrtasida yangi nizolar kelib chiqqan va oʻzaro urushlar davom etgan. Xorvatiya gertsogi Domagoj sakkizinchi katolik kengashida qatnashgan papa odamlarini olib qaytayotgan kemaga hujum uyushtirgan. Shundan keyin Papa Loann VIII Domagoj bilan gaplashib, qaroqchilarning nasroniylarga hujum qilmasligini soʻraganVedran Duančić; (2008) Hrvatska između Bizanta i Franačke (in Croatian) p. 17; Archived November 13, 2020, at the Wayback MachineMaddalena Betti; (2013) The Making of Christian Moravia (858–882): Papal Power and Political Reality p. 129; Brill Academic Publishers, ISBN 900421187X.