Qizilarvot (1999-yildan 2022-yil 9-noyabrgacha Serdar) — Turkmanistonning Bolqon viloyatidagi shahar. Kopetdogʻ togʻi etagida. Temir yoʻl stansiyasi. Ashxoboddan 219 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Aholisi 34,7 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Vagon taʼmirlash va yogʻ-sut zavodlari, gilam fabrikasi, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi bor. Qizilarvot Toshkent — Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi) temir yoʻl qurilishi munosabati bilan shaharga aylangan.
Manbalar
Turkum:Bolqon viloyati shaharlari