Qorakoʻl — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi shahar (1980-yildan), tuman markazi. Transport yoʻli stansiyasi mavjud. Qorakoʻldan viloyat markazigacha (Buxoro shahrigacha) 61 km. Aholisi 20,9 ming kishidan iborat (2005). Qorakoʻlda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neft bazasi bor. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, shuningdek, Qorakoʻlteks qoʻshma korxonasi ishlab turibdi."" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, gimnaziya, litsey, 2 ta kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira yodgorligi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, ambulatoriya, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Shahar yonidan xalqaro yoʻnalishlarda temir yoʻl oʻtgan. Tuman markazi bilan qishloqlar oʻrtasida va Qorakoʻl — Buxoro oraligʻida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Buxoro viloyati Turkum:Qorakoʻl tumani