Muqim Azizovich Habibov (1916 — Andijon — 1979.21.11) — dirijyor, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964).

Hayoti Namangan musiqa bilim yurtini tugatgan (1936). 1934—52-yillar Andijondagi turli teatrlarda dirijyor, 1952-yildan Andijon teatrida dirijyor, 1958—78-yillarda bosh dirijyor. "Burgutning parvozi" (I.Sulton), "Tuhmatchilar jazosi" (Hamza), "Qasoskor ona" (M.Boboyev) kabi spektakllarga musiqa bastalagan, bir qancha qoʻshiqlar yozgan, musiqali drama spektakllariga dirijyorlik qilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:Andijonda tugʻilganlar Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:21-noyabrda vafot etganlar