Halol (sportda) — oʻzbek kurashi atamalaridan biri. H. bellashuv paytida sof gʻalabani bildiradi. kurashchi usul ishlatib raqibining ikkala kuragini gilamga tegizsa, ikkita "yonbosh" bahosini olsa, "yonbosh" olgan kurashchining raqibiga "dakki" berilsa, raqibning qoʻpol harakatlari "gʻirrom" bilan jazolansa yoki raqib 3 min. davomida gilamga chiqmasa H. eʼlon qilinadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Halol (sport) · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.