Javlon Razzoqovich Hamroyev (1934-yil, 7-oktyabr, Namangan – 1997.18.10, Toshkent) – oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Razzoq Hamroyevning oʻgʻli.

Hayoti Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1966). 1962—97 yillar „Oʻzbek-film“ qoshidagi „Kinoaktyor studiyasi“da aktyor. 40 dan ortiq filmda suratga tushgan: Shofyor („Vijdon amri bilan“), Farhod („Farhodning jaso-rati“), Anvar („26-otilmasin“), Mat-qovul („Olovli yoʻllar“), Qaroqchi („Alibobo va qirq qaroqchi“), Arslo-nov („Jazirama quyosh ostida“) va boshqa Kuchli dramatizm, psixologik teranlik, davr qaramaqarshiliklarini ifodalashda katta isteʼdod, fikr va hissiyotlar toʻlqini Hamroyev ijodiga xos.

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1934-yilda tugʻilganlar Turkum:10-iyulda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:18-oktyabrda vafot etganlar