Moʻyidin Yunusovich Hasanov (1917-yil, 10-sentyabr — Fargʻona viloyati, Quva tumani — 1947-yil, 10-aprel) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1939-yildan armiyada. 1941-yil iyuldan frontda. 195-Novorossiysk togʻ-minomyot polki 4-ba-tareyasi (Shim. Kavkazfronti, 18-armiyaning, 318-togʻ-oʻqchi diviziyasi) minom-yotchisi. 1943-yil 1-noyabrda Kerch shahri yonidagi Eltigen shaharchasi (hozirgi Geroyevskoye)ni ozod qilishda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1943-yil 17-noyabr). Fargʻona va Quva shaharlari koʻchalariga va Quva tumanidagi maktabga nomi berilgan hamda Toshho-vuz qishlogʻidagi maktab oldida byusti oʻrnatilgan"Hasanov Moʻyidin Yunusovich" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilPrimachenko, V.V. "Хасанов Муйдин Юнусович" warheroes.ru .
Manbalar
Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:1917-yilda tugʻilganlar Turkum:9-oktabrda tugʻilganlar Turkum:1947-yilda vafot etganlar Turkum:4-oktyabrda vafot etganlar