Radio Studio 54 Network, yoki Studio 54 Network — Locri, Calabriada tashkil etilgan Italiyadagi xususiy radiostansiyadir. Studio 54 Networkning FM boʻyicha toʻlqinlari Janubiy Italiyaning beshta mintaqasidagi toʻqqizta provinsiyagacha yetib boradi: Messina, Reggio Calabria, Vibo Valentia Catanzaro, Cosenza, Crotone, Lecce, Potenza va Salerno). Dastur musiqiy xitlar va har kunlik oxirgi axborotlarni taqdim etish bilan tavsiflanadi.

Tarixi

Stansiyaga 1985-yil 6-iyunda Lokri shahrida Petro Paretta va Franchesko Masara va ulaning ikkita doʻsti tomonidan asos solingan. Studiyaning ofislari quyidagi manzil boʻyicha joylashgan: 148 Via Don Vittorio, Lokri. Uning shiori, , Marli Bobning mashhur iborasining tarjimasi hisoblanadi: «Musiqa qanchalik yaxshi boʻlsa, u senga tushganida sen ogʻriq sezmaysan».

Ularning xususiy shousi Studio 54 LiveTourni toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish bilan birga stansiya yana qoʻshimcha ravishda boshqa hududiy va milliy konsertlarni, shuningdek San-Remo festivalidagi voqealarni ham toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatadiPipolo, Rosario (2-mart 2007-yil). «Dalla diretta radiofonica su Studio 54 Network a gli incontri per vivere il Festival in maniera 'Off'» . milanodabere.it. Retrieved 25-may 2012-yil..

Dasturlar jadvali

54 News , axborot dasturi, har soat 7:00 dan 21:00 gacha; Soundtracks — il cinema alla radio , 8:40, 15:10 va 23:00 da; Promodisco , 12:40, 17:40 va 19:40 da; History time Lutsiano Prokopio bilan, 13:30, 23:30 va 5:10 da; Area 54 — har kuni 14:30 va 21:30 da; Pezzi da 90 22:00 da; Rock Italia 8:40, 9:45, 21:20 va 23:45 da; Italia in Prima Pagina , axborot va yangiliklar, 6:00 dan 10.00 gacha; Rock Collection , 14:00 va 21:00 da; 54 Disco Hit , 7:30, 13:00, 18:00 va 22:00 da; Rock a Mezzanotte , 00.00 dan keyin; Action Parade , 9.45 va 22.20 da; The Ultimate Ipod Collection , 10.20 va 2.20 da; Edizione Limitata , 20.40 va 3.40 da; Concerto Impossibile , 3.20 va 20.40 da; Emozioni , 23.30 dan; Dejà vu , 12.30 da; Celebrity , 10.10 va 21.30 da; Storie , 14.00 va 18.40 da;

Studio 54 LiveTour

Studio 54 LiveTour — 2000-yildan boshlab doimiy oʻtkaziladigan spektakl. Shou butun kun davom etadi, dasturda maxsus mehmonlar, musiqa, oʻyinlar va diskoteka uyushtiriladi.

Studio 54 Angels thumb|250px|«Ilgʻor qizlar»

«54 Angels» — bular jip va kabrioletlarda sayohat qiladigan «ilgʻor qizlar». Dastlab spektakldagi voqealarni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanilar edi, lekin 2010-yildan 54 studiya tomonidan tashkillashtirilmagan voqealarda ham namoyon boʻladigan koʻngil ochar guruhga aylanishdi.

Studio 54 Stargate

Studio 54 Stargate stansiyaning asosiy mashgʻulotlarini va jonli translatsiyalarini oʻz ichiga qamrab oladi. Bu toʻliq qurollangan mobil radio- va telestudiya, uch birlikdan tashkil topadi: audio va video uchun konsol va ishlab chiqarish uchun ikkita alohida birlik, post-mahsulot va audio va video eshittirishpartyguide.it (4-aprel 2007-yil). «Dove atterra lo Stargate?» (interview with Radio Studio 54 Network DJ, Francesco D’Augello) Retrieved 25-may 2012-yil..

Manbalar

Havolalar Radio Studio 54 Network Official Website

Turkum:Italiyadagi radiostansiyalar Turkum:1985-yilda tashkil etilgan radiostansiyalar Turkum:Radiolar